Sherzod Abdunazarov O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Sherzod Abdunazarov 41 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Tahlil va prognozlash oliy maktabini tamomlagan.
2007-yildan buyon u Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) va Tashqi ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlab kelgan. Tayinlovga qadar ushbu bosh konsullikda 1-kotib lavozimida ishlab kelayotgandi.
Istanbuldagi bosh konsullikka 2020–2023-yillarda rahbarlik qilib kelgan Amirsaid Agzamxo‘jayev 2023-yilning noyabrida O‘zbekistonning Polshadagi elchisi etib tayinlangandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning mazkur bosh konsulligi okrugi tarkibiga Turkiyaning Istanbul shahri, Oydin, Balikesir, Bilejik, Bursa, Izmir, Kojayeli va boshqa viloyatlari, shuningdek, Bolgariya va Ruminiya kiradi.
Izoh (0)