O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov 17-fevral kuni Fyuri—Usik o‘rtasidagi jang oqshomida ringga chiqishi ma’lum qilingandi.

Jalolovga kubalik bokschi Luis Ortisga qarshi jang qilishi mumkin. Bu haqida Boxen1 sayti xabar bermoqda. Hozircha hech qanday rasmiy ma’lumotlar berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir so‘nggi bor 17-noyabr kuni “Humo Arena”da bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Kris Tompsonga qarshi ringga ko‘tarilib, 1-raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.
Ortis esa 13-yanvar kuni Fransisko Korderoni mag‘lub etgan. 44 yoshli Ortis faoliyati davomida 39 ta jang o‘tkazib, 34 tasida g‘alaba qozongan (shundan 28 tasida nokaut evaziga) va 3 marta mag‘lubiyatga uchragan.
Izoh (0)