• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ukraina-Rossiya urushi turkiy dunyo va Markaziy Osiyo integratsiyasi uchun imkoniyat” — ekspertlar

    2023-yil Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun o‘ziga xos bir-biriga yaqinlashish davri bo‘ldi. Xususan, 2023-yilning sentyabr oyida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammiti bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, noyabr oyida turkiy davlatlar tashkilotining Ostona sammiti bo‘ldi. Shuningdek, bir necha bor 5 ta respublika rahbari o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazdi.

    Xo‘sh, 2024-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarini nimalar kutib turibdi? Mintaqa davlatlarining oldida qanday muammolar mavjud? “Daryo” ushbu mavzuda bir nechta mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

     

    – Suhbatimiz boshida o‘tgan 2023-yilni sarhisob qilib olsak. Ushbu yil Markaziy Osiyo davlatlari uchun qanday o‘tdi?

    Nodirbek Rasulov, iqtisodiy tahlilchi:

    – Darhaqiqat, 2023-yilda mintaqa mamlakatlarining rahbarlari bir necha marta rasmiy va norasmiy tarzda uchrashishdi. 2021-yilda yuz bergan pandemiya mamlakatlarning yakka o‘zi rivojlana olmasligini ko‘rsatib qo‘ydi. Bundan tashqari, 2022-yilning fevral oyida yuz bergan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush butun dunyo iqtisodiyotiga, xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyotiga ham taʼsir etmasdan qolmadi. Bu mamlakatlarning iqtisodiy holati bir-birinikidan keskin farq qiladi. Masalan mintaqaning umumiy hududi 2,9 million kvadrat kilometr bo‘lsa, shundan 68 foizi Qozog‘istonga, 11 foizi O‘zbekistonga, 12 foizi Turkmanistonga, 5 foizi Qirg‘izistonga, 3 foizi Tojikistonga tegishli hisoblanadi.

    Yalpi ichki mahsulot (YIM) kesimida olib qarasak, 2022-yil hisob-kitoblariga bo‘yicha Qozog‘iston (aholisi 20 million) YIM – 223 milliard dollar. Aholi jon boshiga – 11 ming dollardan to‘g‘ri keladi. Tojikiston YIM esa jon boshiga – 1,1 ming dollar. Oradagi farq 10 barobar. Bundan tashqari, 5 ta respublikadagi savdo qoidalari mutlaqo boshqacha. Yaʼni bir-birinikidan farq qiladi. Chunki Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo mamlakatlar hisoblanadi. O‘zbekiston va Turkmaniston bu tashkilotga qo‘shilmagan. Shuning uchun bu mamlakatlar o‘rtasidagi savdo munosabatlarida farqlar mavjud.

    Lekin shunga qaramay 2023-yilda ushbu davlatlar iqtisodiyotida o‘sish ko‘zga tashlandi. Masalan, 2023-yilda Qozog‘istonning savdo aylanmasi 102 milliard dollar. Ularda eksport bilan import o‘rtasidagi farq ijobiy. O‘zbekistonning savdo aylanmasi 57 milliard dollar. Qirg‘izistoniki esa 10 milliard dollar. Mana shu raqamlarga qarab, davlatlarning o‘zaro amalga oshirgan savdo aylanmalarini ko‘rish mumkin.

    Iqtisodiy tahlilchi Nodirbek Rasulov va siyosatshunos Oybek Sirojov
    Foto: "Daryo"

    2023-yilda mintaqa davlatlari o‘zaro transport yo‘laklari, bojxona masalalarini ko‘rib chiqdi. Jahon bankining maʼlumot berishicha, MDH davlatlari ichida boshqa davlatlarga qaraganda Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy o‘sishi ijobiy bo‘lgan.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – 2023-yil Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun o‘ziga xos bir yil bo‘ldi. 2022-yilning fevral oyida ro‘y bergan Rossiya-Ukraina urushi mintaqa davlatlari uchun kutilmagan voqea bo‘ldi va mintaqa mamlakatlari noqulay vaziyatga tushib qoldi. Urushning cho‘zilishi mintaqadagi vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Natijada Markaziy Osiyo davlatlari yangi logistika yo‘llarni ochish va boshqa davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalasida jiddiy qadamlar tashladi.

    Bilamizki, 2022-yilda Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasida jiddiy muammo yuzaga kelgan edi. 2023-yilda mana shu muammoga yechim topish borasida ijobiy ishlar amalga oshirildi. Eng muhimi, shu orqali mintaqa davlatlari o‘zaro nizolarni tashqi kuchlarning aralashuvisiz hal eta olishini ko‘rsatdi. Bu natijaga erishishda birinchi muhim qadam, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara muammosini murosa yo‘li bilan hal etilgani bo‘ldi.

    2023-yilda Turkiya davlatlarning o‘zaro rasmiy va norasmiy uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bundan maqsad – Rossiya va G‘arbga muqobil bo‘lgan integratsion uyushma shakllantirish. Albatta, buni olqishlash kerak. Shuningdek, 2023-yilda ancha vaqtdan beri jim bo‘lib qolgan tashkilotlar negizida uchrashuvlar tashkil etildi. Misol uchun, SPEKA yoki Orolbo‘yi davlatlarining uchrashuvi o‘tkazildi. Bu shuni ko‘rsatmoqdaki, mintaqa davlatlari o‘zaro kelishgan holda muammolarga yechim topishga kirishdi va bu tendensiya 2024-yilda davom etish muhim ahamiyat kasb etadi.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos
    Foto: "Daryo"

    Erkin Abdulahatov, iqlimshunos:

    – 2023 dunyo tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi. Xususan, O‘zbekistonda ham. Yil boshidagi anomal sovuq ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Anomal sovuq energetik kollapsni yuzaga keltirish bilan birga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish (ayniqsa, uzumchilik)da hosildorlikni kamaytirdi. Bu dekabr oyidagi statistik maʼlumotlarda ko‘rindi. Lekin mintaqa davlatlari o‘rtasida yaxshi logistika aloqalarni yo‘lga qo‘yilgani, bizda qishloq xo‘jaligi mevalarini o‘rnini kompensatsiya qilish imkoniyatini berdi.

    2023-yilda Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara muammosiga barham berdi va Qirg‘izistonda “Qambar ota-1” elektr energiya stansiyasini qurish bo‘yicha Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari kelishuvga erishdi. Bu suv uchun elektr energiya ayriboshlash masalasi uchun yangi bir qadam bo‘ldi. Bugungi kunda havo harorati ko‘tarilishining hisobiga suvning bug‘lanish darajasi oshib ketdi. Bu O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonda suv tanqisligini yuzaga keltirmoqda. 2023-yilning boshida Qozog‘istonning Sharqiy hududlarida ham suv tanqisligi kuzatildi. Chunki Qozog‘iston bu hududlari Qirg‘izistonda kirib keluvchi daryolarga qaram. Bu masala ikki davlat o‘rtasida jiddiylashdi. Biroq qish oylarida yuzga kelgan anomal sovuq boshqa hududlar (Qirg‘iziston va Tojikiston)dagi tog‘larda nisbatan barqaror qor zaxirasini shakllantirdi. Shuning hisobiga O‘zbekistonda suv tanqisligi yuzaga kelmadi.

    2023-yildan mintaqa davlatlari o‘rtasida suvni taqsimlash borasidagi kelishuvlar bo‘y ko‘rsata boshladi. Oldinlari mamlakatlar o‘rtasida aynan suv masalasida kelishmovchilik yuzaga kelgan bo‘lsa, 2023-yildan bu muammoga yechim topildi. Yaʼni yoz oylarida O‘zbekiston suv evaziga Tojikiston va Qirg‘izistondan elektr energiya sotib oladi. Qish oylarida esa O‘zbekiston Tojikiston va Qirg‘izistonga elektr energiya sotadi. 2023-yilda mana shu zanjir asta-sekin ko‘rina boshladi.

    Erkin Abdulaxatov, iqlimshunos
    Foto: "Daryo"

    Shuningdek, anomal sovuq bo‘lishi qishloq xo‘jali poliz ekinlari uchun yaxshi bo‘ldi. Sababi, yanvar oyidagi sovuq yerlardagi qurt-qumursqalar xavfini yo‘qotdi. Shuning hisobiga qishloq xo‘jaligimizda eksport hajmi oshgan. Buni statistik raqamlar yaqqol ko‘rsatib turibdi.

    – 2024-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarini qanday muammolar kutib turibdi va bu muammolarga yechimlar mavjudmi?

    Nodirbek Rasulov, iqtisodiy tahlilchi:

    – 5 ta mamlakat o‘rtasidagi eng muhim narsa – bu savdo sotiq. Buning uchun birinchi navbatda mintaqada tinchlik bo‘lishi kerak. Pandemiya davridan keyin davlatlar o‘zlari alohida-alohida rivojlana olmasliklarini tushunishdi. Hozirda mamlakatlar o‘rtasida bojxona tizimini soddalashtirish masalasi ko‘rilmoqda. Markaziy Osiyo davlatlarining har birini o‘z strategiyasi mavjud. Albatta, ishlab chiqarish rivojlanganida so‘ng mahsulotni xorijga sotish masalasi ko‘tariladi. Buning uchun qo‘shni davlatlar hududini kesib o‘tish kerak. Shuning uchun 2024-yilda davlatlararo yuk tashuv hajmini oshirish va yanada tezlashtirish masalasini ko‘rib chiqish lozim. Bundan tashqari, oziq-ovqat va energetik xavfsizlik masalasi ham bor. Mana shu masalalarda davlatlar o‘zaro kelishuvlarni bajarsa, 2024-yil 2023-yildan yaxshiroq bo‘ladi. Bu harakatlar davlatlardagi aholi turmush darajasiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Mintaqada muammo juda ko‘p. Markaziy Osiyoda muammolar yig‘ilib qolgan. Men ikkita masalaga eʼtibor qaratmoqchiman. Birinchisi – xavfsizlik masalasi. 2024-yilda bu masalaga mintaqa davlatlari jiddiy eʼtibor qaratadi. Sababi, dunyoda beqarorlik kuchayib bormoqda. Masalan, Ukraina-Rossiya urushi, Yaqin Sharqda bo‘layotgan urush harakatlari. Bu mojarolar 2024-yilda ham davom etishini ko‘plab mutaxassislar taʼkidlamoqda. Bunday vaziyatda xavfsizlik masalasi yanada dolzarblashtiradi. Bunga yechim esa integratsiya. Biroq bizda integratsiya borasida muammolar bor. Hozir Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bosqichida. 2024-yilda umumiy strategiyani yaratish orqali mintaqada integratsiyani shakllantirishimiz zarur.

    Suhbat davomida
    Foto: "Daryo"

    Shu o‘rinda, turkiy dunyoda hamkorlikni rivojlantirish uchun harbiy sohaga eʼtibor qaratish kerak. Bunda Turkiya va Ozarbayjon tajribasi butun turkiy dunyo mamlakatlariga o‘rnak bo‘la oladi. 2024-yilda biz asosiy eʼtiborni shunga qaratishimiz lozim. Chunki 2024-yil hal qiluvchi yil bo‘lishi mumkin. Bundan keyin bizda bunday unikal imkoniyat bo‘lmaydi. Sababi, Markaziy Osiyo integratsiyasiga asosiy to‘siq bo‘lib kelgan Rossiya hozirda Ukraina bilan ovora bo‘lib qolgan. Albatta, bu mintaqa davlatlari uchun imkoniyat hisoblanadi.

    Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining kengashi mavjud. Bu ham muhim tashkilot. Ushbu kengash dunyodagi turli chaqiriqlarga umumiy javob berish masalasida o‘ziga platforma vazifasini bajarmoqda. Buni yanada rivojlantirib, 2024-yilda 5 ta mamlakat kesimida iqtisodiy integratsiyaga urg‘u qaratilishi kerak. Bundan tashqari, Rossiya va Ukraina o‘rtasida kechayotgan urushdan Markaziy Osiyo davlatlari qanday qilib foyda ko‘rishni ko‘zlashi kerak deb hisoblayman. Va mintaqa manfaatlari nuqtai nazardan nima ishlar qilinishi lozim, degan masalada ko‘proq bosh qotirishimiz zarur. Bunda olimlar hukumatlarga adekvat javoblar berishi muhim. Sababi, shu mojarodan yo‘q joydan foyda ko‘rayotgan mamlakatlar mavjud. Masalan, Turkiya.

    Shuningdek, Yaqin Sharqda yuzaga kelgan vaziyat Markaziy Osiyo davlatlari uchun o‘ziga xos imkoniyat. Chunki Qizil dengizda husiylarning amalga oshirayotgan ishlari dengiz yo‘llariga bo‘lgan xavfni kuchaytirdi. Natijada quruqlikdagi yo‘llarga ehtiyoj oshmoqda. Bu qurilishi rejalashtirilayotgan Markaziy Osiyodan o‘tuvchi temir yo‘l loyihalarini tezlatish uchun turtki bo‘lishi mumkin. Shu boisdan mintaqa davlatlari mana shunga ko‘proq eʼtibor qaratishi kerak.

    Erkin Abdulahatov, iqlimshunos:

    – Iqlim markazlarining maʼlumot berishicha, 2024-yil dunyodagi eng issiq yil bo‘ladi. Mutaxassislar yer sharining Shimoliy mintaqalarida oziq-ovqat xavfsizligi masalasida bir qancha muammolar yuzaga kelishini taʼkidlamoqda. Markaziy Osiyo oldida mana shu muammo turibdi. Qishda iliq havo bo‘lishi hisobiga bizdagi daraxtlar ko‘p stress qabul qilmoqda. Natijada mintaqa davlatlari (Qozog‘istondan tashqari)da erta vegetatsiya yuzaga kelishi mumkin. Yoz oylari juda issiq bo‘lishi kutilmoqda. Qishda sovuq bo‘lmagani hisobiga qishloq xo‘jaligida qurt-qumursqalar xavfi kuchayadi.

    – Mintaqa davlatlari oldida turgan eng katta muammolardan biri – suv va chegara masalasi. Ushbu muammolar bo‘yicha mintaqa davlatlari o‘zaro konsensusga kela olyaptimi?

    Nodirbek Rasulov, iqtisodiy tahlilchi:

    – Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi barqaror munosabatlar aynan suv bilan bog‘liq. BMT tahlillariga ko‘ra, mintaqada suvga bo‘lgan talab 3 barobar oshib ketishi mumkin. Maʼlumotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari suvning 80 foizini qishloq xo‘jaligida, 8-12 foizi sanoatda ishlatadi. Suv yetishmasligi hisobiga mintaqa mamlakatlari qishloq xo‘jaligida yiliga 2 milliard dollar ziyon ko‘radi. Agar shu tendensiya davom etaversa, 2030-yilga borib Markaziy Osiyo davlatlari jami hududiy yalpi mahsulotning 11 foizigacha ziyon ko‘rishi mumkin. Bu 30-40 milliard dollar degani. Shuning uchun mintaqa davlatlari qishloq xo‘jaligida zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini jalb qilishi kerak.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Bizda aslida suv bor, faqat undan ratsional foydalanish masalasida muammolar bor. Maʼlumotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasidagi suv hajmi 200 million aholini boqishga yetadi. Bu yerda paradoks holat shundayki, suv zaxiralari to‘planadigan Qirg‘iziston va Tojikiston yoz oylarida suv omborlarida suv yig‘ib, qishda elektr energiya ishlab chiqarish uchun yig‘ilgan suvdan foydalanadi. Ammo O‘zbekiston va Turkmanistonga aynan yoz oylarida suv kerak bo‘ladi. Bir jihatdan mana shu muammolar davlatlarni birlashtirishga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki bu muammoni faqat bitta mamlakat hal qila olmaydi. Afg‘onistonda qurilayotgan Qo‘shtepa kanali suv muammosini jiddiylashtirdi.

    Erkin Abdulahatov, iqlimshunos:

    – Markaziy Osiyodagi suv masalasini rus olimlari 1990-yilgacha mukammal ravishda o‘rganib chiqishgan. Bu natijasida ular kelajakdagi 100 yillikni ko‘ra olishgan. Mana shu narsa siyosatda juda qo‘l kelgan. Hozir xitoylik olimlar mintaqani o‘rganishmoqda.

    Qo‘shtepa kanalining qurilishiga Markaziy Osiyo davlatlari “Tolibon”ga yordam berishi kerak. Chunki ularda bu yordamni kompensatsiya qila oladigan resurslar mavjud. Masalan, O‘zbekistonda misni qayta ishlash borasida o‘ziga xos tajriba bor. Yaʼni Afg‘onistonga yordam bersak, bu yordamni mis orqali qoplashimiz mumkin. Bundan tashqari, quruqlikda barqaror afg‘on yo‘lini shakllantirishimiz kerak. Chunki Hindiston dunyoning to‘rtinchi qutbiga aylanmoqda. Afg‘oniston yaqin 10 yillikda o‘zini-o‘zi elektr energiya bilan taʼminlay olmaydi. Shuning uchun Tojikiston va O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiya berish evaziga suv olishi mumkin. Ular O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor. Sababi, bironta qutb davlatlari Afg‘onistonga elektr energiya borasida yordam bera olmaydi. “Tolibon” Amudaryodan 10 km/kubometr suvni olmoqchi. Ularda zamonaviy sug‘orish texnologiyalari yo‘q, bu miqdordagi suv Afg‘onistonga arang yetishi mumkin. Agar biz ularga suvni tejovchi texnologiya bersak, 6 km/kubmetr suv Amudaryoga qaytib tushadi. Shu orqali biz mintaqada suv masalasida barqarorlikka erishish mumkin.

    Suhbatning to'liq shaklini "Daryo"ning YouTube'dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

    Sardor Ali suhbatlashdi

    15.01.2024, 19:30   Izoh (0)   16536
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev IHTning ustuvor soha va tarmoqlarini belgilab beruvchi hujjatning 7 ta asosiy yo‘nalishlarini sanab o‘tdi

    09.11.2023, 13:14

    “SPEKAning asosiy maqsadi – Markaziy Osiyo davlatlarini global iqtisodiy jarayonlarga integratsiya qilish” – ekspertlar

    27.11.2023, 20:50

    Toshkent yerusti metrosi yaqinidagi do‘konlarda yong‘in yuz berdi (video)

    15.01.2024, 16:18

    O‘zbekistonda maktab direktorlarini tayyorlash, lavozimga tayinlash va rag‘batlantirish bo‘yicha yangi tartib joriy etildi

    15.01.2024, 19:11

    O‘zbekistonda chang zarrachalar bilan bog‘liq xavf haddan tashqari yuqori bo‘lgan hudud ma’lum qilindi 

    15.01.2024, 19:03

    Sirdaryoda o‘quvchilar bo‘lgan Gentra kanalga tushib ketdi. Egizaklar suvda oqib ketgani aytilmoqda (video)

    15.01.2024, 18:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina va Rossiya asirlar ayirboshlashni yakunladi (foto)

    Dunyo | 25 may, 21:16

    Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 25 may, 20:49

    Braziliyada kolaga ruju qo‘ygan erkak organizmidan 35 ta tosh chiqdi (video)

    Dunyo | 25 may, 20:37

    Isroil barcha faol piyoda va zirhli brigadalarini G‘azoga kiritdi

    Dunyo | 25 may, 19:15

    Tramp Garvard universitetida o‘qiydigan xorijlik talabalar maʼlumotini so‘radi

    Dunyo | 25 may, 18:40

    Yevropaning ikki top klubi yaponiyalik futbolchi uchun kurashmoqda

    Sport | 25 may, 18:21

    Qozog‘istonda chigirtkalarga qarshi dronlardan foydalaniladi

    Qozog‘iston | 25 may, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.