Daryo

Toshkent viloyatidagi metan zapravkada “Jiguli”da yong‘in chiqdi

Yong‘in avtomobilga gaz quyish vaqtida kelib chiqqan

1 daqiqa o‘qish19 280 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi metan zapravkada “Jiguli”da yong‘in chiqdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Foto: Videodan kadr

Viloyat IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in 13-yanvar kuni soat taxminan 22:00 larda O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro G.K. ga tegishli bo‘lgan “Vaz2107” rusumli transport vositasiga gaz quyish vaqtida kelib chiqqan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB

Natijada avtomobil qisman yongan. Ushbu yong‘in natijasida fuqarolar sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar