Andijon viloyati Bo‘ston tumanidagi gaz baloni omborida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bo‘ston tumani gaz ta’minoti bo‘limi tasarrufidagi suyultirilgan gaz balonlari saqlanuvchi omborda yong‘in sodir bo‘lgan. Ushbu gaz balonlaridan birida ro‘y bergan chaqnashdan kelib chiqqan. Olov favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan to‘liq o‘chirildi.
Hodisa oqibatida bir nafar inson yengil tan jarohati olgani aytilmoqda. Qurbonlar yo‘q.
Izoh (0)