Ostonadagi Milliy mudofaa universiteti hududidagi birinchi prezident Nursulton Nazarboyevga 2020-yilda 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘rnatilgan yodgorlik demontaj qilindi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
![](/static/2024/01/12/photo_2024-01-12_16-54-09-bHmSsoP1.jpg)
Milliy mudofaa universiteti yodgorlik haqiqatan ham olib tashlanganini va hozirda omborda ekanini tasdiqladi. Mazkur ma’lumotni shaxsan tekshirishning iloji bo‘lmagan, chunki jurnalist universitet hududiga kiritilmagan.
![](/static/2024/01/12/cf6422ed959cdc28088f3707f68cd507-n0wDgOiR.jpeg)
Mudofaa vazirligi esa Nursulton Nazarboyev yodgorligi muzeyga ko‘chirilishini ma’lum qilgan. Jumladan, u Qozog‘iston Qurolli kuchlari davlat harbiy tarixi muzeyi binosiga o‘rnatiladi. Ayni paytda yodgorlik mudofaa bo‘limi binolaridan birida vaqtinchalik saqlanayotgani aytilmoqda.
![](/static/2024/01/12/photo_2024-01-12_17-00-49-_llK5cYB.jpg)
Izoh (0)