• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Beshinchi urinishda o‘qishga qabul qilingan, aktyorlikda emas, shoirlikda omadi kulgan Erkin Bozorov 35 yoshda (foto, video)

    Erkin Bozorovning tanilganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Uni kino va seriallardagi rollari emas, balki saviyali roliklari xalq orasida mashhurlikka sabab bo‘ldi. O‘zi haqida gapirishni istamaydigan, shaxsiyatini hamisha ommadan sir tutadigan aktyor qanday qilib muvaffaqiyatga erishdi? Keling, ana shu savolga javob izlaymiz.

    Erkin Bozorov — sanʼatdan butunlay yiroq bo‘lgan oilada dunyoga kelgan. U oilada yagona o‘g‘il farzand, uning ikki singlisi bor. Aktyor bolaligi bilan bog‘liq voqealarni quyidagicha eslaydi.

    Foto: Instagram

    — Oilamizda sanʼatkorlar bo‘lmagan, ammo bobom rahmatli musiqaga juda qiziqqan va Toshkentga kelib sanʼat institutida bor-yo‘g‘i 6 oy tahsil olgan ekan. Bobomning aytishicha, u otasini ko‘rmagan, Abdulla Qodiriylar qatl etilgan vaqtida uning otasi ham xalq dushmani deb topilgan ekan. Oilada yagona boquvchi bo‘lgani uchun o‘qishni tashlab, Navoiyga ketib ishlashga majbur bo‘lgan. Bobom Shirin Azizova va Baxtiyor Ixtiyorov kabi mashhur aktyorlar bilan kursdosh bo‘lgani haqida gapirib berardi. Bobom qishloqqa qaytib 40 yil kolxozda haydovchilik qilgan, ota-onam esa sanʼatdan butunlay yiroq insonlar.

    Bolaligim asosan bobom bilan o‘tgan. Chunki onam ko‘p kasal bo‘lgani uchun tinimsiz kasalxonada davolanardi. Dadam esa doim ishda bo‘lardi, — deydi aktyor.

    Erkin Bozorov avvaliga aktyor bo‘lishni orzu qilmagani, 16 yoshida uyidan uchirma bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram

    — Adabiyotga qiziqardim, ammo aktyor bo‘laman, degan qatʼiy qaror bo‘lmagan. Maktabni tamomlab, huquqshunoslik kollejiga o‘qishga kirganman. O‘qish sabab, 16 yoshimdan buyon ota-onamdan alohida yashayman. O‘qishlarim hamisha aʼlo bo‘lgan, tartibli o‘quvchi bo‘lganman. Kollejni tamomlab, 2007-yili Toshkentga kelganman. Avvaliga hujjatlarimni O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga topshirganman. Ammo ota-onam norozi bo‘lgani uchun bu institutda o‘qimaganman. U paytlari oliy taʼlimdan korrupsiya avj olgan paytlar edi. Yuridik, o‘zbek filologiyasi, jurnalistika kabi fakultetlarga ketma-ket hujjat topshirganman. Ammo talaba bo‘lish nasib etmagan. Shunda kimdir bali pastroq fakultetga o‘qishga topshirishni maslahat bergan. Qiziqmasam ham fizika yo‘nalishiga hujjat topshirganman. Unda ham omadim kulmagan. Beshinchi urinishda sanʼat institutiga imtihon topshirganman va shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinganman, — deydi aktyor.

    Erkin Bozorov ota-onasidan yashirib, sanʼat institutiga hujjat topshirgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram

    — Hech kimga aytmay sanʼat institutiga hujjat topshirganman. Shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinganman. Dadam sanʼatkor bo‘lishimga qarshi bo‘lgani uchun “Jurnalistikaga o‘qishga kirdim”, deb qo‘yganman. Mandat chiqqan kuni uyimizga qarindoshlar to‘plandi. Shunda bobom rahmatli supada o‘tirib “Erkin bugun institutga kirdi, u artist bo‘ladi”, degan. Ota-onam hayron bo‘lib menga qarashgan “Bu ham institut, kirganiga shukur qillaring”, deganidan keyin indashmagan, — deydi aktyor Erkin Bozorov.

    Aktyor kinodagi ilk roli haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram

    — 2014-yili Shuhrat Abbosov “Dilor, dilor, dil va or” nomli filmni suratga oladigan bo‘ldi. Undan avval uning kursida o‘qiydigan bolalarning kurs ishida yordamchi aktyor bo‘lib rol ijro etgandim. Ustoz shunda ko‘rib, eslab qolgan ekan. “Abbosov kino olyapti” deb institutda gap tarqagan payti meni hovlida ko‘rib “Senga rol bor, falon kuni kastingga kelgin”, degan. Shu orqali ilk rolim yaralgan, — deydi aktyor.

    Erkin Bozorov juda ko‘p film va seriallarda rol ijro etgan. Ammo ularning hech biri uni aktyor sifatida tanilishiga yordam bermagan. Hatto, “Said va Saida” filmida asosiy rolni ijro etgan bo‘lsa-da, tomoshabin nazariga tushmagan.

    Foto: Instagram

    — Haqiqatan ham shunday. “Rolni yaxshi ijro etibsiz”, deyishardi, ammo ko‘cha-ko‘yda ketayotganda yaqqol tanishmasdi. Bir kuni reklama roligiga suratga tushishga taklif bo‘ldi. 100 AQSH dollari gonorar berishganida rosa xursand bo‘lgandim. Chunki u paytlari Toshkentda ijara uyda yashardim, syomkalarga kamdan-kam chaqirishardi. O‘sha kuni pulni so‘mga aylantirib, rosa xursand bo‘lganman. Ammo ertasi kuni bozorga chiqib ro‘zg‘orlikka ul-bul narsa oldim-u, dushanba kuni aytarli pul qolmaganini sezdim. O‘shanda shoirning gonorar haqi haqida monolog yozgandim. Videoni suratga olib ijtimoiy tarmoqqa qo‘ysam kutilmaganda mashhurlikka erishdi. Aslida shoir qiyofasida o‘z dardlarimni bayon qilgandim. Undan keyin GMdagi muammo haqidagi monolog ham tarqalib ketdi. Keyin o‘zimga bir teatr aktyori yo‘nalishida ijod qilish maʼqul keldi. Chunki unda men o‘z-o‘zimga rahbar bo‘ldim, — deydi aktyor Erkin Bozorov.

    Aktyor ijrosidagi dangalchi va adolatparvar bobo qiyofasi ham tomoshgabinlarga maʼqul kelgan. Erkin Bozorov bu obrazni yaratishda bobosining motividan foydalangani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram

    — Bobom rahmatli xuddi shunday inson edi. Gapni shart gapirar va hech qachon o‘ziga yoqmaydigan ishni qilmasdi. Gapirish ohangi ham xuddi shunday edi. Obraz tanlayotganda shu qiyofani motiv qilib olishga qaror qilganman, — deydi aktyor.

    Aktyor oilali va yaqin kunlarda ota-onasini ham Toshkentga kelishlarini niyat qilmoqda.

    Foto: Instagram

    — 28 yoshimda o‘zim tanlagan qizga uylanganman. Onam “O‘zingga maʼqul kelganiga uylan, yashaydigan sen”, degan. Ayolim bilan shunchaki tanishib qolganmiz, taqdir ekan oila qurdik. Hozirda ikki nafar o‘g‘limiz bor. Nurafshon shahrida ko‘p qavatli uyda turamiz. Hamisha ota-onam bilan birga yashashni orzu qilaman. 16 yoshimdan buyon alohida yashaganim uchunmi ularning mehriga hamisha chanqoqman. Nasib qilsa, tez orada sharoit qilib ular bilan katta oila bo‘lib yashash niyatim bor, — deydi aktyor Erkin Bozorov.

    11.01.2024, 11:50   Izoh (0)   18261
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kerakmassan, deb ko‘chaga haydashgan” — ofitsiantlik qilgan, tasodifan kinoga kirib kelgan va ayollarning nafratiga uchragan Mashhura Zulfiqorova 39 yoshda (foto,...

    06.01.2024, 16:51

    “Mashhur bo‘lolmaganimdan afsuslanardim” — 50 yoshgacha omadini kutgan, Alla Pugachyova bilan birga o‘qigan va shaxsiy hayotida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Nozim...

    07.01.2024, 12:55

    Hamdam Sobirov— Rossiyada qurilishda ishlagan mehnat muhojiri qanday qilib O‘zbekistonning eng talabgir xonandasiga aylandi? (foto, video)

    09.01.2024, 15:35

    “U yoqda 2-3 ming dollar topadi, bizda esa oylik 3 million so‘m”. Yulduz Usmonova yaxshi san’atkorlarning chet elga ketib qolayotgani haqida gapirdi (video)

    11.01.2024, 10:41

    “2-3 yil konsert bermayman, ‘Xalqlar do‘stligi’da sharoit qilib berishsin”. Yulduz Usmonova bu yilgi konsertiga hozircha 100 ming dollar “tikkani” haqida gapirdi (...

    09.01.2024, 22:10

    Instagram: Tug‘ilgan kunini Istanbulda nishonlagan Ziyoda, yangi mashinali bo‘lgan Dildora Niyozova, Sevinch turmushga chiqdimi?

    08.01.2024, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    The New York Times XXI asrning eng yaxshi 100 ta filmini e’lon qildi. Birinchi o‘rinni koreys filmi egalladi

    Kino | 1 iyul, 14:40

    “Barselona” Messi va boshqa futbolchilarga to‘lanmay qolgan qarzlarini yopdi

    Sport | 1 iyul, 14:36

    Turkiyada payg‘ambarlarni karikatura qilgan 4 nafar shaxs qo‘lga olindi (video)

    Dunyo | 1 iyul, 14:25

    Rossiyada biometrik ma’lumot topshirmagan xorijliklar mobil aloqadan uziladi

    Dunyo | 1 iyul, 13:58

    Enn Heteuey “Qattiqqo‘l xonim” filmining davomida suratga tushadi

    Kino | 1 iyul, 13:47

    “O‘zgidromet” harorat 46 darajagacha ko‘tarilishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 13:42

    FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov pastladi, Javohir Sindorov keskin ko‘tarildi

    Sport | 1 iyul, 13:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.