O‘zbekistonlik futbolchi Azizbek Amonov faoliyatini BAAda davom ettiradi.
26 yoshli futbolchi “Horfakkan” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Ma’lumot uchun, ushbu jamoada yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Abdulla Abdullayev ham to‘p suradi.
Jamoa BAA yuqori divizionida 12 turdan so‘ng 13 ochko bilan 10-pog‘onani egallab turibdi.
Amonov o‘tgan mavsum “Nasaf”da to‘p surib, 34 ta o‘yinda 8 ta golga mualliflik qilgan.
Azizbek faoliyati davomida “Lokomotiv”, “Buxoro” va “Istiqlol” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Izoh (0)