“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe yozda jamoani tark etmoqchi.
Jurnalist Edu Agirrening xabar berishicha, Mbappe yaqin orada “PSJ” prezidenti al-Helayfi bilan uchrashib, unga klub bilan shartnomani uzaytirishni istamasligini ma’lum qilmochi.
Kilianning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi iyun oyida o‘z yakuniga yetadi.
Avvalroq, fransuz o‘z kelajagi borasidagi yakuniy qarorni Chempionlar Ligasi 1/8 finali oldidan qabul qilmoqchiligi xabar qilingandi. Keyinchalik esa tarmoqlarda Mbappening “Real” bilan og‘zaki kelishuvga erishgani haqidagi ma’lumotlar tarqaldi.
Izoh (0)