“Navbahor” futbolchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov faoliyatini “Bunyodkor”da davom ettiradi.
Toshkent jamoasi Abduxoliqov bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Temurxo‘ja katta futbolga “Bunyodkor” o‘rinbosarlari safidagi ajoyib o‘yinlari orqali kirib kelgan.
So‘nggi mavsumni “Navbahor” tarkibida o‘tkazgan futbolchi faoliyati davomida “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Hayduk”, “Al-Sayliya”, “Haur-Fakkan”, “Qizilqum” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Izoh (0)