“Olimpik” futbolchisi Jasur Jaloliddinov faoliyatini Farg‘onaning “Neftchi” jamoasida davom ettiradi.
Bu haqida “Neftchi” klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jaloliddinov yangi jamoasi bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Ma'lumot o‘rnida, Jasur Jaloliddinov o‘tgan mavsumda Superligada jami 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol muallifiga aylandi va 3 ta golga assistentlik qildi.
“Ahil jamoamiz va ko‘p sonli muxlislarimiz nomidan Jasurga farg‘onaliklar safida yanada g‘ayrat va shijoat bilan harakat qilib, “Neftchi” sharafini munosib hissa qo‘shishidagi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz”, — deyilati “Neftchi” matbuot xizmati xabarida.
Izoh (0)