Janubiy Koreyaning “Sonnam” klubi o‘zbekistonlik futbolchi Ikrom Aliboyev transferini e’lon qildi.
Klub aynan futbolchining tug‘ilgan kuni u bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Aliboyev bunga qadar ham Koreyada faoliyat olib borgan. Janubiy Koreyaning “Seul” (2018—2021), “Tejon Sitizen” (2021) va “Kanvon” (2023) kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
“Sonnam” o‘tgan mavsum Key-Liga 2 da 47 ochko bilan 9-o‘rinni egallagan.
Izoh (0)