Samarqand viloyatida ikkita yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 3-yanvar kuni soat 22:50 larda Samarqand tumani “O‘zbek kenti” mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda yuk avtomobillari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lib, transport vositalarida yong‘in yuzaga kelgan.
“Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. YTH natijasida jarohat olganlar yo‘q”, — deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Andijon viloyati Shahrixon tumanida Cobalt mashinasi yonib ketgani, Andijonda yo‘l chetida turgan Nexia’da yong‘in chiqqani, Qamchiq dovonida lak-bo‘yoq ortilgan yuk mashinasi yonib ketishi oqibatida bir necha kishi jabrlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Qashqadaryoda Damas bilan to‘qnashgan Captiva yonib ketgandi.
Izoh (0)