Daryo

O‘zbekistonda Ai-80 benzinidan voz kechish rejalashtirilmoqda

Tatneft, Saneg va “Lukoyl” kabi xorijiy sarmoyadorlarga ko‘proq zapravkalar qurish imkoni beriladi

1 daqiqa o‘qish35 952 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda Ai-80 benzinidan bosqichma-bosqich voz kechish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati “Xabar.uz”ga ma’lum qilgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, Ai-80 benzini ko‘p mamlakatlarda taqiqlangan bo‘lib, hatto neft mahsulotlarini to‘liq import qiladigan Qirg‘iziston va Tojikistonda ham allaqachon iste’moldan olingan. Hozircha mintaqada faqat O‘zbekiston va Afg‘onistonda Ai-80 benzinidan foydalanish davom etmoqda.

Vazirlikning bildirishicha, 2025-yilga borib Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida Ai-80 ishlab chiqarilishi to‘xtatilsa, 2026-yilga borib Buxoro neftni qayta ishlash zavodi to‘lig‘icha sifatliroq yoqilg‘i ishlab chiqarishga o‘tkaziladi.

Yoqilg‘i bozorida taqchillik kuzatilmasligi va iste’molda uzilish bo‘lmasligi uchun chora-tadbirlar rejalashtirilgan. Xorijdan benzin olib kiruvchi subyektlar faoliyatini kengaytirish orqali iste’mol bozorini bir maromda ushlab turiladi. Tatneft, Saneg va “Lukoyl” kabi xorijiy sarmoyadorlarga ko‘proq zapravkalar qurish imkoni beriladi.

“Natijada mahalliy tadbirkorlar bilan bo‘ladigan raqobat samarasi o‘laroq bozorda yoqilg‘i sifati va narx barqarorligiga erishish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda Ai-80 benziniga narx belgilashda ma’lum chegaradan o‘tmaslik bo‘yicha taklif tayyorlanmoqda. Xuddi metan gaz zapravkalarida bir metr kub gaz uchun eng yuqori narx 3250 so‘m etib belgilanganidek, Ai-80 benziniga ham ma’lum qiymat taklif etiladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar