Daryo

Andijonda yo‘l chetida turgan Nexia yonib ketdi (video)

Avtomashina dvigatelidagi elektr uzatgichlarda qisqa tutashuv kelib chiqishi oqibatida avtomobilning old qismida yong‘in sodir bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish11 908 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyati Baliqchi tumanida yo‘l chetiga qo‘yib ketilgan Nexia rusumli avtomashina yonib ketdi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, mazkur holat 9-aprel kuni soat 16:10 lar atrofida Baliqchi tumani, Chinobod shaharchasida sodir bo‘lgan.

Maʼlum qilinishicha, tumanning “O‘lmas” mahallasida yashovchi fuqaro J.T. Nexia-1 rusumli avtomashinasini Chinobod shahridagi yo‘l chetiga to‘xtatib, ovqatlanish shahobchasiga kirib ketgan vaqtida avtomashina dvigatelidagi elektr uzatgichlarda qisqa tutashuv kelib chiqqan. Oqibatda avtomobilning old qismida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar