Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchi boshqaruvidagi fura yengil avtomobil bilan to‘qnashdi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, bir kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.
Avariya Aqto‘be viloyatining Samara-Chimkent trassasida 26-avgust kuni yuz bergan. 24 yoshli o‘zbekistonlik MAN yuk mashinasi haydovchisi avtomobil yo‘lining qarama-qarshi chizig‘iga chiqib ketgan. U yerda fura 51 yoshli Rossiya fuqarosi boshqaruvidagi Lada Largus avtomobili bilan to‘qnashgan.
Zarba kuchi oqibatida yengil avtomobil yon tomonga uchib ketgan va yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan. Lada Largus haydovchisi voqea joyida vafot etgan, uning voyaga etmagan yo‘lovchisi turli tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga yetkazilgan.
Holat yzuasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 345-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, MAN haydovchisi avtomobilni charchagan holda boshqargan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)