O‘zbekistonda soliq solinmaydigan daromadlarning turlari yangilandi, deb xabar bermoqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati.
Xabar berilishicha, Soliq kodeksining 378-moddasiga soliq solinmaydigan daromadlarning quyidagi turlari kiritildi:
- aksiyalar ommaviy joylashtirilganda korxonalar xodimlarining o‘z oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlaridan oshmaydigan ushbu korxonalar xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasi doirasida aksiyalarni sotib olishga yo‘naltirilgan mablag‘lari;
- soliq to‘lovchilar ish haqining va boshqa daromadlarining mahalliy fond bozorida emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun shaxsiy investitsiya hisobvarag‘iga yo‘naltiriladigan qismi, quyidagi shartlarda:
- soliq davri davomida jami MHTEKMning 100 baravarigacha bo‘lgan miqdorda;
- to‘lovlar o‘sib bormaydigan tartibda to‘langanda va biryo‘la to‘lanadigan to‘lovlarni shartnomaning amal qilish muddati boshlangan kundan eʼtiboran 12 oy ichida qaytarib olmaslik sharti bilan. Ushbu shartlar buzilgan yoxud shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan va pul mablag‘lari to‘liq yoki qisman qaytarilgan taqdirda, qaytariladigan mablag‘larga to‘lov manbaida soliq solinishi lozim.
Izoh (0)