Navoiy viloyati Karmana tumanida masjiddagi ehson qutilaridan pul o‘g‘irlagan yigit ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, o‘g‘irlikni Nurota tumanida yashovchi 27 yoshli yigit sodir etgan. U 2023-yil 9-dekabr kuni tunda Karmana tumani markazidagi Qosim-Shayx masjidiga kirib, u yerdagi besh dona ehson qutisini buzib ochgan va ichidagi pullarni olib ketgan.
Yigitdan ehson qutilaridan o‘g‘irlangan 4 million 669 ming so‘m pul hamda daliliy ashyolar rasmiylashtirib olingan. O‘tkazilgan surishtiruv tadbirlari davomida yigit 2023 yilning 25-noyabridan 9-dekabrigacha Nurota va Karmana tumanlaridagi bir nechta masjidda ehson qutilaridan pullarni o‘g‘irlab kelgani ma’lum bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Farg‘onada ehson qutisini o‘g‘irlab ketganlar qo‘lga olingan edi.
Izoh (0)