O‘zbekiston hududi bo‘yicha 3—4-yanvar kunlari quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Havo harorati 3-yanvar kuni kunduzi 8-13 daraja iliqni tashkil etadi, 4-yanvarda 12-15 daraja iliqqacha biroz ko‘tariladi, kechalari 0 daraja atrofida bo‘ladi.
Payshanba kuni kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi, kunduzi va kechqurun ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
5-yanvar, juma kuni O‘zbekistonning markaziy va janubiy hududlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 5-yanvarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Harorat 3-yanvar kuni kunduzi 10-12 daraja iliq, 4-yanvarda kechasi 0-2 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi havo 13-15 darajagacha isiydi, 5-yanvarda kechasi 2-4 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 11-13 daraja iliqqacha pasayadi.
Izoh (0)