• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston tibbiyotida yakunlanayotgan 2023-yil qanday iz qoldirmoqda?

    Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati O‘zbekiston tibbiyotida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hisobotini e’lon qildi.

    Birlamchi tibbiy-profilaktika tizimi

    Joriy yilda 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti va 500 ta mahalla tibbiyot punktlari tashkil etildi. Natijada 2,1 mln nafardan ziyod aholiga birlamchi tibbiyot yaqinlashtirildi.

    Davlat tibbiy sug‘urtasi va raqamlashtirish mexanizmlari sohaga keng tatbiq etish davom ettirildi. Birlamchi tizimda “elektron poliklinika” dasturi asosida ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yilyapti. Shifoxonalarni zamonaviy avtomashinalar va tibbiy jihozlar bilan ta’minlash har qachongidan-da, yuqori darajaga ko‘tarildi. Sirdaryo viloyatida boshlangan davlat tibbiy sug‘urtasi tizimiga o‘tish tajribasidan so‘ng, 2023-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent shahrida bosqichma-bosqich ushbu mexanizmlarni joriy etish boshlandi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, tuman (shahar) markaziy shifoxonalari va tug‘uruqxonalarda ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxati belgilandi. Mazkur ro‘yxatga ko‘ra, endilikda bemorlarga jami 520 ta tashxis, 28 ta diagnostik tekshiruv, 46 ta laborator tahlil, 235 turdagi dori vositalari, 27 ta operativ davo hamda 76 ta tibbiy buyumlar davlat hisobidan bepul taqdim etiladi.

    Aholi orasida kasalliklarni erta aniqlash va ularning profilaktikasi borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 12,6 mln nafar 18-40 yoshli aholi profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘tkazildi, 1,8 mln nafari ambulator sharoitda hamda 172 ming nafari stasionar sharoitda sog‘lomlashtirildi. 9,3 mln nafar aholi manzilli skrininglardan o‘tkazildi. Ulardan 190 ming nafarida yurak qon-tomir kasalligi, 70 ming nafarida qandli diabet xastaligi hayotida birinchi marta erta bosqichda aniqlandi.

    Foto: SSV

    Onalar va bolalar salomatligi 

    Onalar va bolalar salomatligiga mas’ul tibbiyot muassasalari yagona boshqaruv tizimiga birlashtirildi. Prezidentimizning “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi, Respublika “Ona va bola skrining” markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi. Hududiy perinatal, aholi reproduktiv salomatligi hamda “Ona va bola skrining” markazlari negizida yangi markazning 14 ta hududiy filiali faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

    Kelgusida Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida tibbiyot klasterlari tashkil etilishi kutilmoqda. Shuningdek,  Qashqadaryoda bolalar shifoxonasi, tug‘uruq kompleksi, skrining markazi, reproduktiv salomatlik markazi joylashgan mujassam bir kompleks – “Ona va bola” klasteri ishga tushiriladi.   

    Foto: SSV

    Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat 

    Yakunlanayotgan yilda sohada qator yuqori texnologik amaliyotlar, robotoxirurgik, kardioxirurgik va transplantologik operatsiyalar, shuningdek siam egizaklarini ajratib olish amaliyotlari bajarildi. Ahamiyatlisi, bu turdagi amaliyotlar endilikda viloyat, hatto, tuman darajasigacha tushirildi.

    Davlatimiz rahbarining tegishli qarorlari ijrosi doirasida 2023 yilda 191 nafar bolada koxlear implantlardan foydalangan holda operatsiyalar o‘tkazildi, 101 nafarining nutq prosessorlari almashtirildi.

    Joriy yilda Prezident topshirig‘iga asosan, tug‘ma yurak nuqsonidan aziyat chekayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan 2 ming nafar farzandi 64 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga navbatsiz, imtiyozli yo‘llanmasiz, eng malakali shifokorlar tomonidan yuqori texnologik operatsiya qilindi. 

    Bolalar milliy tibbiyot markazida birinchi marta kichik yoshli bemorlarda buyrak ko‘chirib o‘tkazish va suyak ko‘migi autotransplantatsiyasi amaliyotlarining bajarilgani hamda epilepsiya kasalligida chip o‘rnatish va umurtqa pog‘onasi qiyshiqligi radikal korreksiyasi kabi o‘ta noyob jarrohlik operatsiyalarining yo‘lga qo‘yilgani tibbiyotimiz tarixida butunlay yangi sahifa ochdi.

    Joriy yil barcha hududlar uchun mobil mammograflar xarid qilinib, ayollar o‘rtasida mammografik skrining tadbirlari jadal olib borildi. Qolaversa, barcha hududlarda immunogistoximiyaviy laboratoriyalar tashkil etilib, ular kameral mikroskoplar va reaktivlar bilan ta’minlandi. Ayollarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘nalishida 3,2 mln nafar xotin-qizlar onkoskrining tekshiruvidan o‘tkazildi. Kasallik aniqlangan 3 662 nafar ayollardan 3 643 nafari sog‘lomlashtirilib, 2 171 nafarida kasallik erta bosqichlarda aniqlandi. 

    Tibbiy ta’lim va malaka oshirish tizimi transformatsiyasi

    Tibbiy ta’limni transformatsiya qilish borasida ham muhim qadamlar qo‘yildi. Xususan, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura o‘quv rejalariga “nano texnologiya”, “tibbiyot genetikasi”, “IT-texnologiya” kabi fanlar kiritiladi va xorijiy pedagoglarni jalb qilgan holda o‘quv jarayonlari tashkil etildi. O‘rta tibbiyot xodimlari tayyorlash tizimi mutlaqo yangi tartib va yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yilib, barcha tibbiyot kollejlari negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari tashkil etildi. Tibbiyot OTMda o‘qish muddati 4 yillik “oliy malakali hamshira” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ruxsat berildi.

    Yana bir muhim yangilik, yurtimizda ilk bor o‘rta tibbiyot xodimlariga oliy ma’lumot beruvchi Hamshiralar akademiyasi tashkil etildi. Ushbu akademiya negizida Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universitetining “Hamshiralik ishi” fakulteti ochildi. Qator tibbiyot muassasalarining yangi o‘quv binolari va xalqaro vakolatxonalari ochilishi ham 2023 yilning muhim voqealaridan bo‘ldi.

    Joriy yilda amalga oshirilgan eng ahamiyatli islohotlardan yana biri Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tashkil etilishi bo‘ldi. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan birgalikda yaratilgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasi berish bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularga sertifikat berish axborot tizimi — tibtoifa.ssv.uz ishga tushirildi. Buning natijasida ushbu sohada mutlaqo shaffof platforma yaratildi.  

    Foto: SSV

    Tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish

    Bemorlar hayoti va sog‘ligini asrab qolish, ularga shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatishda “Tez yordam”ning ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Tizimni eng so‘nggi rusumdagi va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy avtotransport vositalari bilan ta’minlash borasidagi keng qamrovli chora-tadbirlar natijasida tez tibbiy yordam xizmatida kechikishlar soni keskin qisqardi. Bu esa shoshilinch vaziyatlarda ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolish imkonini berayotir.

    Bundan 7-8 yil avval yurtimizda tez tibbiy yordam xizmati sifati achinarli ahvolda bo‘lib, “103” brigadalarining manzilga kechikib borishi, avtotransport vositalarining yetishmasligi, borlari ham talabga javob bermasligi oddiy hol edi. Sohaga qaratilgan e’tibor tufayli mamlakatimizda “103” xizmati mutlaqo yangi, sifat jihatdan yuksak va barcha xalqaro talablarga javob beradigan tizimga aylandi.

    Raqamlarni tahlil qilsak, birgina joriy yil yanvar oyida Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparki yurtimizda ishlab chiqarilgan 110 ta “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam mashinalari bilan ta’minlandi. Bu raqam fevralda 117, avgustda 50, sentyabda 100, oktyabrda 100 va noyabr oyi boshida esa 108 donani, dekabr oyida 100 donani tashkil qildi. Bu avtotransport vositalari Respublika tez tibbiy yordam markazining barcha filiallariga zarur ehtiyoj va aholi salmog‘idan kelib chiqib, yetkazib berildi.

    Natijada 2022 yilning dekabr oyi va joriy yilda “103” xizmatiga topshirilgan bunday avtotransport vositalari soni jami 800 taga yetdi.

    Xalqaro hamkorlik 

    2023 yil tibbiyot tizimida xalqaro aloqalarga keng o‘rin berilgani bilan ham ahamiyatli. Bu davrda soha doirasida 250 dan ortiq halqaro uchrashuvlar o‘tkazildi. 

    Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning bo‘linmalari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, xorijiy diplomatik korpus vakillari bilan o‘tkazilgan muloqot va kelishuvlar sohadagi muhim o‘zgarishlarga zamin bo‘ldi.

    Shuningdek, tibbiyoti rivojlangan davlatlar, xususan, AQSH, Germaniya, Turkiya, Koreya Respublikasi, Hindiston, Vengriya, Ozarbayjon, Rossiya, Belarus bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash, tibbiy ta’lim va farmatsevtika bo‘yicha forumlar, haftaliklar, oyliklar o‘tkazildi. Ushbu hamkorlik aloqalari ham endilikda hududlar kesimida yo‘lga qo‘yilayotgani, hududiy muassasalar ham to‘g‘ridan to‘g‘ri nufuzli xorijiy hamkorlar bilan birgalikda tibbiy tadbirlar o‘tkazayotganini 2023 yilning eng yaxshi yangiliklaridan deyish mumkin.

    Barcha xalqaro kelishuv va bitimlardan eng asosiy mavzu mutaxassislar tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash ekanini alohida ta’kidlash lozim. Yil davomida 370 ga yaqin nufuzli tibbiyot oliy o‘quv yurti, klinikalar va farmatsevtika kompaniyalari bilan bu borada muloqot olib borildi.  

    Kelgusidagi rejalar

    Mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlari turibdi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini ishlab chiqishda ana shu omil bosh mezon bo‘ldi. Uning doirasida aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish, buning uchun tibbiyotga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmini 2 barobarga oshirish, onkologiya, yurak-qon tomir, diabet va nafas yo‘llari kasalliklari bo‘yicha erta o‘limni 2,5 barobar kamaytirish, O‘zbekistonni “Sil xastaligidan xoli mamlakat”ga aylantirish ko‘zda tutilgan.

    Strategiyadan 55 va undan katta yoshdagi aholini 100 foiz tibbiy-profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish, 40 va undan katta yoshdagi aholi orasida jismoniy faol aholi ulushini 2 barobar oshirishga doir chora-tadbirlar ham o‘rin olgan.

    Yurtdoshlarimiz o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish ham ustuvor maqsadlarimizdan biri bo‘ladi. Shu bilan birga, mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarini raqamlashtirish darajasi 100 foizga yetkaziladi.

    31.12.2023, 11:40   Izoh (0)   16868
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sog‘liqni saqlash boshqarmalari xalq deputatlari kengashlariga hisobdor bo‘ladi

    07.10.2023, 15:28

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 10 ta Airbus vertolyotini sotib olishi mumkin 

    04.11.2023, 09:20

    Sog‘liqni saqlash vazirligiga yana 100 dan ortiq Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari topshirildi

    08.11.2023, 12:58

    O‘zbekiston kinoijodkorlari madaniyat va sanʼat ahliga murojaat yo‘llashdi

    31.12.2023, 09:00

    Namanganda 31-dekabr kuni avtobuslar aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi

    30.12.2023, 23:00

    O‘zbekistonliklar Turkiyaga ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 550 dollar 

    30.12.2023, 22:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Eron-Isroil mojarosida betaraf emasmiz va o‘z bilganimizni qilamiz” — “Hizbulloh”

    Dunyo | 20 iyun, 10:26

    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

    Reklama | 20 iyun, 09:00

    Xitoyda avj olgan koronavirusning yangi turi AQSHga yetib keldi

    Dunyo | 20 iyun, 10:11

    Janubiy Afrikada yirtqich sher do‘konga bostirib kirib, go‘sht bo‘limini ag‘dar-to‘ntar qildi (video)

    Qo‘ziqorin | 20 iyun, 09:56

    Xitoyda kompaniya xodimlari oynaga qaragani va ish vaqtida ovqatlangani uchun jarimaga tortilmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 09:53

    “Manchester Yunayted” o‘z futbolchisini “Real”ga taklif qildi

    Sport | 20 iyun, 09:50

    Isroil mudofaa vaziri Xomanaiyni “zamonaviy Gitler” deb atadi

    Dunyo | 20 iyun, 09:49

    Tailand bosh vazirining Kamboja sobiq rahbari bilan telefon suhbati internetga tarqab ketdi

    Dunyo | 20 iyun, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.