• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston kinoijodkorlari madaniyat va sanʼat ahliga murojaat yo‘llashdi

    Kinematografiya agentligining “Renessans” kino uyida Respublika kinoijodkorlari forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi kengaytirilgan yig‘ilishidagi maʼruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

    Forumda tegishli idora va tashkilotlar vakillari, agentlik va uning tizim tashkilotlari xodimlari, jami 400 ga yaqin kinoijodkorlar ishtirok etdi.

     

    Forumda so‘zga chiqqan Kinematografiya agentligi direktori F.Abduxoliqov, Agentlik direktori o‘rinbosari Sh.Rizayev, O‘zbekiston Xalq artistlari X.Saʼdiyev, T.Mo‘minov, R.Adashev, O‘zbekiston kinoarboblari uyushmasi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist M.Matchonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi I.Ergashev va boshqalar so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda milliy kinoni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdilar. Davlatimiz rahbari maʼruzasida ilgari surilgan vazifalar ijrosi yuzasidan qizg‘in muloqot va fikr almashuvlar bo‘ldi. Forum ishtirokchilari yig‘ilish nihoyasida O‘zbekiston kinoijodkorlarining madaniyat va sanʼat sohasi vakillariga murojaatini qabul qildilar.

    Unda Mamlakat rahbarining maʼnaviyatga, sanʼat va madaniyatga bo‘lgan yuksak eʼtibor va g‘amxo‘rligi nafaqat kinoijodkorlar, balki barcha maʼnaviy-maʼrifiy sohalar xodimlarining bir necha yillik faoliyati uchun o‘ziga xos dasturilamal bo‘lishi alohida taʼkidlandi. Keyingi yillarda maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlar, jumladan kinematografiya tizimida amalga oshirilgan ishlar, qo‘lgan kiritilayotgan yutuqlar, kinochilar oldida turgan maqsad va vazifalarga alohida eʼtibor qaratildi.

    Bugungi globallashuv sharoitida, axborot makonida ommaviy madaniyat, axloqsizlikning turli ko‘rinishlari xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz dunyoqarashiga jiddiy taʼsir qilishi mumkinligi, bu mafkuraviy kurashlarga qarshi kinoijodkorlar ham birlashib, kurashishi lozimligi alohida taʼkidlandi. Kinoijodkorlar mamlakatimiz ravnaqi, Mustaqilligimizni avaylab asrash, xalqimizning hamjihatligi va jipsligini saqlash borasidagi yakdil harakat qilishlari xususida fikrlar bayon etishdi.

     

    O‘zbekiston Kinoijodkorlari forumi ishtirokchilarining madaniyat va sanʼat sohasi vakillariga murojaati

    Hurmatli hamkasblar, qadrli ustozlar, aziz do‘stlar!

    Hammamizga maʼlumki, muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-dekabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida nutq so‘zlab, madaniyatimiz, xususan kino sanʼatini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq qadamlarni belgilab berdilar. Aytish joizki, davlatimiz rahbarining bu tarixiy chiqishlari soha vakillari, xususan biz kinoijodkorlarni yanada ruhlantirib, barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishladi. Bu eng avvalo, biz soha xodimlariga katta ishonch bilan birgalikda yuksak masʼuliyat ham yuklamoqda. Tan olib aytishimiz kerakki, bu uchrashuvdan juda katta ijodiy g‘oyalarga ega bo‘ldik, kuch va ilhom oldik. Mamlakat rahbarining maʼnaviyatga, sanʼat va madaniyatga bo‘lgan bu qadar yuksak eʼtibor va g‘amxo‘rligi, bildirgan qimmatli tavsiyalari nafaqat kinoijodkorlar, balki barcha maʼnaviy-maʼrifiy sohalar xodimlarining bir necha yillik faoliyati uchun o‘ziga xos dasturilamal bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

    Darhaqiqat, so‘nggi yillarda shaxsan Prezidentimiz rahnamoligida milliy kinematografiyani rivojlantirishga juda katta eʼtibor qaratilyapti, o‘nlab qaror va farmonlar, meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi. Keyingi yillarda bu o‘zgarishlar samarasi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. “O‘zbekfilm” kinokonsernining kapital rekonstruksiya qilinib, zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlanishi, “Renessans kino uyi”ning barpo qilinishi, “Kinochilar uyi”da amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, milliy filmlarimizning son va sifat jihatidan yuksalib borayotgani, xorijiy kinofestivallarda erishayotgan yutuqlarimiz, Butunrossiya Davlat Kinematografiya instituti Toshkent filialining ochilishi, Milliy kino fondi, Milliy kino muzeyining yangi binolari ishga tushirilishi, – bular barchasi haqida uzoq gapirish mumkin. Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan, yil davomida 392 ta kinomahsulot yaratildi, 2017-yilga nisbatan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari qariyb uch baravar oshdi. Olti yil avval xalqaro ko-produksiya, yaʼni xorijiy kinoustalar ishtirokida birorta kinoloyiha yaratilmagan bo‘lsa, joriy yilda ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan kinomahsulotlar soni 25 tani tashkil etadi. 2017-yilda bitta xalqaro mukofot qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘zida kinoijodkorlarimiz 24 ta xalqaro kinofestivalda ishtirok etib, 56 ta mukofotni qo‘lga kiritishdi. Shundan 15 tasi oliy mukofotlardir.

    Bu kabi yutuqlarimiz muhtaram Prezidentimiz maʼruzalarida ham alohida eʼtirof etilgani barchamizning qalbimizni g‘ururga to‘ldirdi, shuningdek bildirilgan qator takliflar har birimizning zimmamizga alohida masʼuliyat yuklaydi. Jumladan “Tirik tarix” turkumidan Vatanimizning shonli o‘tmishiga bag‘ishlangan 50 dan ortiq filmlar yaratish dasturini ishlab chiqish, bolalar uchun buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘li haqida ko‘p qismli animatsion filmlar suratga olish, “erkin iqtisodiy kinohududlar” barpo etish, milliy seriallar bo‘yicha mavjud tizimni tubdan isloh etish, buning uchun erkin iqtisodiy zona – “Cinema park”lar tashkil qilish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

    Kuni kecha biz, mamlakatimiz kinoijodkorlari, soha vakillarining navbatdagi Forumida ham ana shu maʼruzada ilgari surilgan masalalar, sohadagi o‘zgarishlar, oldimizda turgan vazifalarni atroflicha muhokama qilib, ularni amalga oshishi yuzasidan “Yo‘l xarita”sini tuzish, maxsus ishchi guruhlarni tashkil etish bo‘yicha kelishib oldik.

    Aziz do‘stlar, hurmatli hamkasblar!

    Yangi yil eshik qoqmoqda. Kirib kelayotgan 2024-yilda Prezidentimizning ko‘rsatmalari va tavsiyalariga amal qilib, bundan ham yuqori surʼat va kuch-g‘ayrat bilan ishlashimiz zarur.

    Sir emas, bugun dunyo turli mojarolarni, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy qarama-qarshiliklarni boshida kechiryapti. Dunyo miqyosida turli ko‘rinishdagi nizolar, manfaatlar to‘qnashuvi, mafkuraviy ziddiyatlar tobora shiddatli tus olmoqda. Albatta, dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalar yurtimizda ham aks-sado bermay qolmaydi. Qolaversa, globallashuv sharoitida, axborot makonida ommaviy madaniyat, axloqsizlikning turli ko‘rinishlari xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz dunyoqarashiga jiddiy taʼsir qilishi mumkinligi har birimizni sergaklikka undamog‘i lozim. Prezidentimiz taʼkidlab o‘tganlaridek, bugun maʼnaviyat boshqa sohalardan o‘n qadam oldinda yurishi, maʼnaviyat yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak.

    Bunda, albatta, Yangi O‘zbekiston milliy kino sanʼati vakillari zimmasiga alohida masʼuliyat yuklanadi. Farzandlarimiz ana shunday maʼnaviy tahdidlarga taslim bo‘lmasliklari uchun ham milliy qadriyatlarimiz, tariximiz buyuk ajdodlarimiz hayoti va faoliyati aks etgan, zamonaviy formatda yaratiladigan kinomahsulotlarni yanada ko‘proq yaratishimiz kerak bo‘ladi. Zero, o‘zbek kinosini zamon va jahon bilan hamnafas, bugungi imkoniyatlar doirasida rivojlantirish davr talabidir.

    Milliy madaniyatimiz, maʼnaviy salohiyatimizni yuksaltirishda, turli tahdidlarga qarshi kurashishda muhtaram Prezidentimizning yonlarida kamarbasta bo‘lish bugun har qachongidan muhim ahamiyatga ega. Buning uchun esa, har birimiz zimmamizdagi ana shu ulkan masʼuliyatni chuqurroq his etishimiz, kuch va imkoniyatlarimizni birlashtirishimiz, ezgu va ulug‘vor maqsadlar yo‘lida o‘zimiz ham birlashishimiz shart.

    Prezidentimiz biz kinoijodkorlar bilan bir uchrashuv chog‘ida “kinochilarning xursandchiligini ko‘rsam, mening ham ko‘nglim tog‘dek ko‘tariladi” degan edilar. Biz bugun haqiqiy maʼnoda baxtiyormiz. Chunki ana shu yuksak eʼtibor va eʼtirofdan, ijod va izlanishlar uchun yaratilayotgan yuksak imkoniyatlardan quvonmaslikning, g‘ururlanmaslikning iloji yo‘q.

    Aziz do‘stlar! Yil so‘ngida har birimiz ortimizga nazar solib, bosib o‘tgan yo‘limizni, qilgan ishlarimizni sarhisob qilamiz, yo‘l qo‘ygan kamchiliklardan xulosa chiqaramiz, ularni takrorlamaslikka harakat qilamiz.

    2024-yil har birimiz uchun barakali, sermahsul, yutuq va muvaffaqiyatlarga boy yil bo‘lsin. Yangi yilda ham Yangi O‘zbekistonimizni tinchlik va barqarorlik, xonadonlarimizni fayz-baraka, baxt-saodat tark etmasin. Oldimizda turgan yuksak marralarni zabt etish barchamizga nasib etsin.

    • Yoqub Ahmedov - O‘zbekiston xalq artisti
    • Xayrulla Saʼdiyev - O‘zbekiston xalq artisti
    • Gulchehra Jamilova - O‘zbekiston xalq artisti
    • Mukambar Raximova - O‘zbekiston xalq artisti
    • Erkin Komilov - O‘zbekiston xalq artisti
    • Saidkomil Umarov - O‘zbekiston xalq artisti
    • Rajab Adashev - O‘zbekiston xalq artisti
    • Gavhar Zokirova - O‘zbekiston xalq artisti
    • Muhammadali Abduqunduzov - O‘zbekiston xalq artisti
    • Rustam Karimov - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
    • Zulfiqor Musoqov - O‘zbekiston sanʼat arbobi
    • Karim Mirhodiyev - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
    • Matyoqub Matchonov - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
    • Jahongir Qosimov - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
    • Sobir Nazarmuhammedov - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
    • Lola Eltoyeva - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
    • Hilol Nasimov - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
    • Raʼno Shodiyeva - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
    • Dilnoza Kubayeva - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
    • Feruza Saidova - Xalqaro mukofotlar sovrindori

    Sheriklik huquqi asosida

    31.12.2023, 09:00   Izoh (0)   4867
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda 31-dekabr kuni avtobuslar aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi

    30.12.2023, 23:00

    O‘zbekistonliklar Turkiyaga ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 550 dollar 

    30.12.2023, 22:16

    O‘zbekistonda QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilindi  

    30.12.2023, 22:00

    Fitch Toshkent shahrining “barqaror” reytingini tuzishda davom etadi 

    30.12.2023, 21:17

    O‘zbekistonda tabiiy gaz aholiga to‘liq hajmda yetkazib berilmoqda — “Hududgazta’minot”

    30.12.2023, 20:40

    Qashqadaryoda uch nafar bemorda ishlab turgan yurakda noyob operatsiyalar bajarildi 

    30.12.2023, 19:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13

    Ukraina Rossiya harbiy aerodromlariga hujumga 1,5 yil tayyorgarlik ko‘rgan — OAV (foto)

    Dunyo | 1 iyun, 20:05

    Zinedin Zidan 100 mln yevrolik taklifni rad etdi

    Sport | 1 iyun, 19:40

    Pentagon rahbari Xitoyning Tayvanga hujumiga tayyorlanishga chaqirdi

    Dunyo | 1 iyun, 19:20

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    Dunyo | 1 iyun, 18:25

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.