O‘zbekiston fuqaroligi bo‘lgan ayollar Slovakiyadagi mehmonxona ishlariga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ish turi mehmonxona xizmatchisi. Quyidagicha imkoniyatlar taqdim etiladi:
- ish haqi: 600 yevro (soliqlar to‘langandan keyin);
- ish vaqti: oyiga 210 soat;
- barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan.
Shuningdek, nomzodlarga quyidagicha talablar qo‘yilgan:
- 25 yoshdan 45 yoshgacha;
- tajribaga ega bo‘lish;
- rus yoki ingliz tilida so‘zlasha olish;
- sudlanmaganlik;
- O‘zbekistondan chetga chiqishga taqiq yo‘qligi.
Izoh (0)