O‘zbekiston fuqarolari Belarusning “Belavtomaz” avtomobil ishlab chiqarish zavodiga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ish turi — tokar. Quyidagi imkoniyatlar mavjud:
- ish haqi 2370 Belarus rubli (720 dollar) (soliqlar to‘langandan keyin);
- ish vaqti: 5 kun 8 soatdan;
- yotoqxona ish beruvchi tomonidan;
- ovqatlanish xarajatlari ishchi hisobidan.
Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yilgan:
- 18 yoshdan 50 yoshgacha;
- tajribaga ega bo‘lish;
- suhbat darajasida rus tilini bilish;
- sudlanmaganlik;
- O‘zbekistondan chetga chiqishga taqiq yo‘qligi.
Izoh (0)