O‘zbekistonning 11 oydagi tashqi savdo aylanmasi hajmi 57,3 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 57,3 milliard AQSH dollariga yetgan. Tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 26,2 foizga oshgan:
- Eksport – 23,2 milliard (30,6 foizga oshgan)
- Import – 34,1 milliard (23,3 foizga oshgan)
O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida jahonning 199 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,3 foiz), Rossiya (15,5 foiz), Qozog‘iston (7 foiz), Turkiya (5 foiz) va Koreyada (3,7 foiz) qayd etilgan.
Izoh (0)