Toshkent viloyati Piskent tumanida parrandachilik fermasida yong‘in chiqdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 21-dekabr kuni soat 15:20 da Toshkent viloyati, Piskent tumani, “Kultepa” MFYda joylashgan parrandachilik fermalarining birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:33 da voqea joyiga yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolarning kuyish tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari bo‘yicha ma’lumot kelib tushmadi.
Izoh (0)