“Farg‘ona azot”ning Termizdagi omborxonasida 9-avgust kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, Surxondaryo viloyati Termiz tumani, “Bunyodkor” MFYda joylashgan “Farg‘ona azot” AJga qarashli omborxonalarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar FVBga soat 14:01 da kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:10 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:15 da qurshab olingan va soat 15:20 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida taxminan 70-80 kvadrat metr maydonda omborxonaning ichida bo‘lgan ko‘mir mahsuloti yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)