Xitoyning Henan Suda kompaniyasi bilan O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlash qurilmalari va texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti va Xitoyning Henan Suda kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlash qurilmalari va texnologiyalarini qurish loyihasini amalga oshirish muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda energiya tejamkor texnologiyalar va elektromobillarni quvvatlash qurilmalari hamda texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Hamkorlik kelishuviga ko‘ra, 2033-yilgacha 14 ta hududda 70 dan ortiq markazlashtirilgan va 50 mingta markazlashtirilmagan zaryadlash stansiyalarini qurish hisobiga 700 mingdan ortiq elektr transport vositalarini quvvatlantirish nazarda tutilgan.
Izoh (0)