“Manchester Yunayted” futbolchisi Kazemiro faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Braziliyalik yarim himoyachiga nomi oshkor etilmayotgan Saudiya klubidan taklif kelib tushgan, — deya xabar beradi Marca.
Kazemironing o‘zi ham ushbu taklifni qabul qilishga tayyor.
Mankunianliklar futbolchisi 2022-yildan buyon jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda. 31 yoshli futbolchi joriy mavsum APLda 8 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golga mualliflik qildi.
Izoh (0)