Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqi va Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga 2024-yilga mo‘ljallangan moliyaviy yordam paketlarini ma’qullashiga umid bildirdi, biroq bu aniq qachon amalga oshishi noma’lumligicha qolmoqda.
Zelenskiy Ukraina moliyaviy yordam olish uchun “juda qattiq” ishlayotganini ta’kidladi.
![](/static/2023/zelll.jpg)
“Ishonchim komilki, Qo‘shma Shtatlar bizga xiyonat qilmaydi, AQSH bilan kelishib olgan narsamiz to‘liq amalga oshiriladi”, — dedi u.
Zelenskiy Yevropa Ittifoqi haqida gapirar ekan, o‘tgan hafta sammitida “bitta g‘alabaga erishgani”, ya’ni Ittifoqqa qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar boshlash ma’qullanganini esladi.
Xabaringiz bor, Yevropa Ittifoqi 2024-yilning 1-fevralida navbatdan tashqari sammit o‘tkazadi va unda Ukrainaga to‘rt yillik muddatga 50 milliard yevro miqdorida qo‘shimcha yordam ajratish masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)