Samarqandda Gentra haydovchisi maktab o‘quvchini urib yuborib, qochib ketdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Viloyat IIB YHXB bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea 18-dekabr kuni soat 17:25 lar atrofida Samarqand tumani “Ravonak” MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda yo‘lda yuz bergan. Yo‘lni kesib o‘tayotgan 2011-yilda tug‘ilgan 7-sinf o‘quvchisini shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan qora rangli Gentra urib yuborgan va voqea joyidan ketib qolgan.
Oqibatda maktab o‘quvchisi tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
YPX xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu haydovchi va transport vositasi topilib, holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)