“Real” prezidenti Florentino Peres Yevropa Superligasiga klublarni jalb qilish ustida ishlamoqda.
Xabarga ko‘ra, Peres allaqachon 50-60 ta klub bilan aloqaga chiqqan va ular ishtirokida yangi liga 2 yoki 3 ta diviziondan iborat bo‘ladi.
O‘yinlar Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasi bo‘lib o‘tadigan kunlarda o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, Yevropa sudi UEFA va Superliga ishi bo‘yicha o‘z qarorini e’lon qilganidan keyin (21-dekabr) klublar yangi loyihaga qo‘shilish yoki Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqining xalqaro musobaqalar tizimida qolish masalasini hal qilishi kerak bo‘ladi.
Superliga ishga tushsa, “Barselona” va “Real” bir milliard yevrodan oladi. Investorlar turnirni ishga tushirish uchun 15 milliard yevro sarmoya kiritmoqchi. Ikkala klub loyihada qolgani uchun bonusga ega bo‘ladi.
Izoh (0)