“Barselona” prezidenti Xoan Laporta jamoa Yevropa Superligasini tark etish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.
“Jamoa shu yerda bo‘lgani yaxshi, chunki biz UEFA va Superliga o‘rtasida bog‘lovchi vazifasini o‘tamishiz mumkin”, — deydi Katalon klubi rahbari.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” Superliga loyihasini tark etgach, u yerda “Barselona” hamda “Real” jamoalari qoldi.
2021-yilning 18-aprel kuni 12 klub (“Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Chelsi”, “Arsenal”, “Tottenhem”, “Barselona”, “Real”, “Yuventus”, “Atletiko”, “Inter” va “Milan”) boshchiligida Yevropa Superligasiga asos solingandi. Oradan ikki kun o‘tib qator klublar birin-ketin loyihani tark eta boshladi va Superliga loyihasi vaqtincha to‘xtatildi. Faqat “Real”, “Barselona” va “Yuventus” loyihani tark etmagandi. 2023-yil boshida Superliga qayta tiklanishi borasida xabarlar tarqaldi.
Izoh (0)