Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida mavsumning eng yaxshilarini aniqlash boshlandi.
Superliganing 2023-yilgi mavsumida eng yaxshi murabbiy bo‘lish uchun 8 nafar mutaxassis nomzodi qo‘yildi.
Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”), Maksim Shatskix (“Paxtakor”), Vesko Steshevich (“Metallurg”), Samvel Babayan (“Navbahor”), Aleksandr Xomyakov (“Andijon”), Vitaliy Levchenko (“Neftchi”), Sergey Arslonov (“Surxon”) va Mirjalol Qosimov (“OKMK”) kabi murabbiylar eng yaxshi bo‘lish uchun kurash olib boraid.
“Umumiy ko‘rinishda mazkur mutaxassislar mavsumni turlicha holatda yakunladi. Biroq oy davomida yig‘ib borilgan ochkolar endi muhim rol o‘ynaydi. Oylar davomidagi barqarorlik yoki biror oyni katta muvaffaqiyat bilan o‘tkaza olish eng yaxshi bo‘lishda asosiy omil bo‘lishi mumkin”, — deyiladi PFL xabarida.
Ma’lumot uchun, 2023-yilgi mavsum davomida Levchenko (mart), Shatskix (aprel), Qosimov (may), Xomyakov (iyun), Levchenko (avgust), Steshevich (sentyabr), Berdiyev (oktyabr), Arslonov (noyabr) kabilar oy murabbiyi sifatida tan olingandi.
Izoh (0)