Kuvayt amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda Al Jazeera Kuvayt davlat televideniyesiga tayanib, xabar berdi.
Amirning o‘limi sabablari oshkor etilmagan. Noyabr oyi oxirida u “sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar” tufayli zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.
Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh Kuvaytni 2020-yildan beri boshqarib kelardi. U avvalgi amir, o‘gay akasi Saboh IV ning vafotidan keyin ushbu lavozimini egallagan.
As-Saboh sulolasi Kuvaytni XVIII asr o‘rtalaridan buyon boshqarib keladi. Navaf al-Ahmad al-Jobir bu sulolaning o‘n oltinchi hukmdori va Kuvayt Britaniyadan mustaqil bo‘lganidan keyin oltinchi amiri bo‘ldi.
Izoh (0)