Argentina hukumati pesoni 50 foizga devalvatsiya qildi va “shok” terapiyasi dasturi doirasida davlat xarajatlarini qisqartirishni e’lon qildi.
Mamlakat iqtisodiyot vaziri Lui Kaputoning so‘zlariga ko‘ra, peso kursi bir AQSH dollari uchun 400 pesodan 800 pesoga tushiriladi. Kelgusida Argentina Markaziy banki milliy valyutani oyiga 2 foizga devalvatsiya qilishni rejalashtirmoqda.
Argentinada yillik inflyatsiya darajasi 140% dan oshadi, mamlakatda katta byudjet va tashqi savdo taqchilligi mavjud, Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 45 milliard dollar qarz bor.
Aprelgacha Argentina 10,6 milliard dollar qarzni to‘lashi kerak, deb yozadi Market Watch.
Inqirozdan chiqish uchun, xususan, transport va energetika subsidiyalarini qisqartirish va pensiyalarni indeksatsiya qilishni to‘xtatish rejalashtirilgan.
Noyabr oyi oxirida saylangan Argentina prezidenti Xaver Miley avvalroq o‘z vatandoshlarini og‘ir kunlar kutayotgani, ular iqtisodiyotni tiklash uchun zarur islohotlarni amalga oshirishlari kerakligi haqida ogohlantirgan edi.
Izoh (0)