Isroil harbiylari bugun G‘azo janubidagi janglarda vaqtinchalik tanaffus bo‘lishini ma’lum qildi.
“Gumanitar yordam yetkazilishiga ruxsat berish uchun bugun mahalliy vaqt bilan soat 14:00 gacha Rafah hududida mahalliy taktik pauza amal qiladi”, — deyiladi Isroil armiyasi bayonotida.

Yana bir xabarda pauza Rafahning El-Geneyna hududida amal qilishi aniqlangan.
Bunday pauzalar vaqti-vaqti bilan G‘azoning turli qismlarida e’lon qilinmoqda. Yaqin-yaqingacha Rafah shafqatsiz janglar o‘tkazilmaydigan, nisbatan xavfsiz hudud hisoblanardi.
Biroq o‘tgan juma kuni HAMAS bilan sulh tugaganidan so‘ng Isroil armiyasi G‘azoning bu qismida faol harbiy amaliyotlar o‘tkaza boshladi.
Izoh (0)