Falastinning HAMAS harakatining harbiy qanoti Al-Qassam brigadasi G‘azodagi tinch aholini o‘qqa tutganiga javoban Isroilning Ashkelon shahriga raketa hujumlari uyushtirdi. Bu haqida HAMAS o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.
“Al-Qassam brigadalari sionistlarning tinch aholini qirg‘in qilishiga javoban Ashkelonga raketa hujumlarini uyushtirdi”, — deyiladi tashkilot bayonotida.
![](/static/2023/ashkelon11.jpg)
Avvalroq Falastinning WAFA axborot agentligi dushanba kuni Isroil armiyasining G‘azo sektori sharqidagi turar joy hududlariga bergan zarbalari natijasida 30 dan ortiq odam halok bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, kecha 3-dekabr kuni HAMASning Shejaya batalyoni qo‘mondoni Vissam Farhat havo hujumi chog‘ida o‘ldirilgani xabar berilgandi.
Izoh (0)