Marten Skorsezening “Gulli oy qotillari” nomli kartinasi Nyu-York kinotanqidchilari uyushmasi (NYFCC) tomonidan yilning eng yaxshi filmi deb topildi.
Shuningdek, filmdagi roli uchun Lili Gladston “Eng yaxshi ayol aktrisa” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi. Skorsezening ijod mahsullari bunga qadar ham ikki marta bosh mukofotga 1990-yilda “Yaxshi yigitlar” va 2019-yilda “Irlandiyalik” bilan loyiq ko‘rilgan.
“Gulli oy qotillari” kinokartinasi 1920-yillar Oklahomadagi mahalliy jinoyatchilarning bir qator qotilliklari haqida hikoya qiladi. Filmda bosh rollarni Leonardo Di Kaprio va Robert De Niro ijro etgan.
Shu bilan birga, tanqidchilar rejissyorlik mukofotini Kristofer Nolanga “Oppengeymer” filmi uchun berdi. G‘oliblar qatorida Xayao Miyazakining “Bola va qush” multfilmi va Jyustin Triening “Qulash anatomiyasi” huquqiy dramasi ham joy olgan.
Maʼlumot uchun, Nyu-York kino tanqidchilar uyushmasiga 1935-yilda asos solingan bo‘lib, tashkilotda Nyu-Yorkdagi gazeta, jurnal va internet nashrlaridan 30 dan ortiq kinotanqidchilar bor.
Izoh (0)