Robert Levandovski 2024-yilda “Barselona”ni tark etishi mumkin.
Barca Universal nashrining xabar berishicha, “ko‘k-anorranglilar” joriy mavsum yakunida polshalik hujumchini sotish variantini ko‘rib chiqadi.
35 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni klublaridan qiziqish mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Levandovskining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil 30-iyunda o‘z nihoyasiga yetadi.
Robert 2023/24-yilgi mavsum Ispaniya chempionatida 13 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta golga mualliflik qildi.
Izoh (0)