Futbol bo‘yicha Yevro—2024 musobaqasida adidas kompaniyasining yuqori texnologiyali to‘pi ishlatiladi.
Unda golli vaziyatda to‘p qo‘lga tekkan yo tegmaganini aniqlashga yordam beradigan mikrochip o‘rnatilgan bo‘ladi.
Chip oyoq-qo‘llarni kuzatish texnologiyasi bilan tandemda ishlaydi, bu esa real vaqt rejimida o‘yinchi tanasining uch o‘lchamli tasvirini yaratish va to‘p aynan qayerga tekkanini aniqlash imkonini beradi.
Qo‘lga to‘p tekkanini aniqlashning yangi tizimini ko‘rib chiqqan hakamlar The Times nashriga bergan intervyusida aniqlik darajasidan hayratda qolganini aytgan.
Shuningdek, mikrochip to‘pning aniq zarbasini ham qayd etadi, bu esa hakamlarga o‘yindan tashqari holat bor-yo‘qligini aniqlashga yordam beradi.
Texnologiya Chempionlar Ligasining 2024/25-yilgi mavsumida ishlatishi mumkinligi borasida ma’lum yo‘q. Bu uning nisbatan yuqori bo‘lgan narxi bilan bog‘liq.
Izoh (0)