Krishtianu Ronaldu “An-Nassr”ning Osiyo Chempionlar Ligasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Ar-Riyod jamoasi 6-turda “Istiqlol”ga qarshi bahs olib boradi. Tojikistonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv 5-dekabr, seshanba kuni 21:00 da start oladi.
Ronaldu qaydnomaga kiritilmadi va jamoa bilan birgalikda Dushanbega uchmadi. “Varzish” telekanali xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi “Persepolis”ga qarshi o‘yinda (0:0) olgan jarohatidan to‘liq qutulmagan va Saudiya klubi rahbariyati unga dam berishga qaror qilgan.
“An-Nassr” guruh bosqichida 13 ochko jamg‘argan holda pley-off masalasini hal qilgan. “Istiqlol” esa 2 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)