Toshkent shahridagi kafe xodimi tungi vaqtda ayollarni kafega kiritmagani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi. Xabarga ko‘ra, noma’lum shaxsning shaharda joylashgan kafega tungi saoat 22:30 dan keyin ayollarning kirishi taqiqlanishi haqida ma’lum qilgani aks etgan video tarqalgan.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida video muallifi kafega o‘z tanishlari bilan borganida mazkur kafe ishchilari tungi vaqtda ayollarga kirish mumkin emasligini ta’kidlab, ularga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortgan.
Mazkur holat yuzasidan kafe ish yurituvchilari 1995-yilda hamda 2001-yilda tug‘ilgan fuqarolar IIOga taklif etildi. Ularga fuqarolarning huquq va erkinliklarining kamsitilishiga yo‘l qo‘ymasligi haqidagi qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushintirildi.
Sud tomonidan kafe ish yurituvchilariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-moddasiga asosan BHMning 20 barobari miqdorida jarima tayinlandi.
Izoh (0)