Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, issiqlik tarmoqlarida avariyaviy taʼmirlash ishlari olib borilishi va tegishli jihozlarni almashtirish zarurati tufayli bugun, 28-noyabr kuni quyidagi manzillarda issiq suv va issiqlik taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi:
- Olmazor tumani — Sebzor va Taxtapul dahalari, Jomiy bozor hududi, Shimoliy Olmazor ko‘chasi.
- Shayxontohur tumani — S-12, S-15 va S-16.
Issiq suv va issiqlik taʼminoti avariyaviy taʼmirlash ishlari tugallangandan keyin (taxminan soat 21:00 ga qadar) tiklanadi.
Shuningdek, 29-noyabr kuni Sergeli tumanidagi “Sanoatenergo” qozonxonasi hududida issiq suv va issiqlik taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Qayd etilishicha, issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish va yangi qozonxona qurilishini yakunlash doirasida soat 09:00 dan 18:00 ga qadar “Quruvchi” dahasining ayrim turar joy binolarida issiq suv va issiqlik taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi:
- 3b, 6a, 6b, 6v, 7a, 9a, 15, 17, 19, 20 va 32.
Veolia Energy Tashkent MCHJ XK vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raydi va issiq suv taʼminoti hamda isitish tizimini tezroq tiklash uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.
Avvalroq Toshkentdagi budjet tashkilotlari va yuridik shaxslar uchun 1-dekabrdan issiqlik taʼminoti tariflari oshishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)