Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 7,35 so‘mga pastlab, 12 270,07 so‘m bo‘ldi. Yevro 0,55 so‘mga oshib, 13 428,36 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,57so‘mga ko‘tarilib, 138,50 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi 2,58 so‘mga pastlab, 12 277,42 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl ko‘tarilgandi.
Izoh (0)