Toshkent shahrining ikki tumani: Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida elektr energiyasi taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 16-noyabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chirildi:
- Mirzo Ulug‘bek tumani: “Zakovat”, “Ijodkor” hamda “Alisherobod” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 14:00 gacha;
- Yashnobod tumani: “Yosh avlod” (Iqbol) MFYning ayrim hududlarida 09:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirilgan. “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘radi.
Izoh (0)