• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Bollivud go‘zalining sirli o‘limi: Shridevi vafotiga oid jumboqlar

    Shridevi Bollivudning eng go‘zal va yorqin yulduzlaridan biri edi – u 4 yoshga to‘lib-to‘lmay filmlarda rol ijro eta boshlagan, qo‘shiq kuylab, raqs tushib, muxlislarning eʼtiborini o‘ziga qaratgandi. Aktrisa ijodiy faoliyati mobaynida naq 300 ta filmda turli rollarni ijro etgan. Shridevi nafaqat Hindiston, balki dunyoning turli burchaklarida yashovchi kino shinavandalarining ko‘nglidan joy olgan aktrisa edi. Sohibjamol ijodkorning kutilmagan vafoti uning yaqinlari va muxlislari uchun haqiqiy zarba bo‘lgani mubolag‘a emas. Ijodkorning o‘limiga doir tergov ishlari haligacha yakuniga yetmagan: Shridevining Dubay shahriga to‘y marosimida ishtirok etish uchun borib, to‘satdan vafot etishi bilan bog‘liq masala hamon jumboqligicha qolmoqda.

    Shridevi uzoq yillar davomida Bollivudning birinchi raqamli go‘zali sanalgan
    Foto: Asset Vogue 

    1963-yilda dunyoga kelgan tamil millatiga mansub aktrisaga oila aʼzolari Shri Amma Yanger Ayyapan deb ism berishgan. Aktrisaning onasi oddiygina uy bekasi, otasi esa advokat bo‘lib, qo‘g‘irchoqdek tashqi ko‘rinishga ega qizlaridagi aktyorlik mahoratini uning bolalik yillaridanoq payqagan. Qizaloq o‘ta yoqimtoy bo‘lish bilan birga ziyrak va uquvli edi: u tamil tilidan tashqari hind, telugu, malaya tillarida ham so‘zlasha olgan. Bu esa aktrisaga kelgusida faqat hind tilidagi filmlar ishlovchi kinostudiyalar bilan hamkorlik masalasida cheklanib qolmaslikka imkon bergan. Aktrisa o‘z davrining eng kelishgan aktyorlari – Rami Rao, Anil Kapur, Amitabx Bachchan, Mitxun Chakrabortilar bilan rollar ijro eta boshladi. “Karma”, “Qasos”, “Janob Hindiston”, Muhabbat lahzalari” kabi muvaffaqiyatli loyihalarda ishtirok etdi. Hind kinosi muxlislari tomonidan haligacha sevib ko‘riladigan “O‘g‘ri Chandu” filmidagi roli uchun aktrisa bir nechta nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritdi.

    Shridevining tashqi ko‘rinishi har tomonlama benuqson edi: uning yuz tuzilishi qadimgi hind mumtoz suratlaridagi go‘zallar qiyofasini yodga solardi.

    Charos ko‘zlar, qalin lablar, chiroyli shaklga ega burun... Aktrisaning dushmanlari uning burni plastik jarrohlar yordamida shu ko‘rinishga keltirilgani haqida mish-mish tarqatgan bo‘lsalar ham, Shridevining rasmiy vakillari aktrisa hech qachon plastik jarrohlik amaliyotlaridan foydalanmaganini aytishgan. Shridevi milliy liboslar, anʼanaviy taqinchoqlarni yaxshi ko‘rgan va umrining oxirigacha Bollivud go‘zallarining haqiqiy timsoli bo‘lib qolgan.

    Yorqin tashqi ko‘rinish va aktyorlik mahorati Shridevini nafaqat Hindiston, balki dunyoning boshqa mamlakatlariga ham mashhur qildi.
    Foto: Legion Media 

    Shridevining shaxsiy hayotida ham barchasi aʼlo darajada edi – har qalay tashqaridan shunday ko‘rinardi. U taniqli prodyuser Boni Kapur bilan oila qurib, ikki nafar qiz farzandni dunyoga keltirdi. Oilasiga ko‘proq vaqt ajratish maqsadida ijodda bir muddat tanaffus qildi: 1997-yildan keyin 15 yil mobaynida birorta ham filmda rol ijro etmadi. Ammo ijodiy tanaffus aktrisaning mashhurligiga zarracha taʼsir ko‘rsatmadi.

    2015-yilda Bollivud yulduzi o‘zining 300-filmi – “Ona” kartinasida bosh rolni ijro etdi. Shundan keyin filmlarga prodyuserlik qilish bilan shug‘ullandi, faqatgina rol ijro etish bilan cheklanmay, filmlar suratga olish niyati borligini ham maʼlum qildi.

    Shridevi prodyuser Boni Kapurga turmushga chiqqan va unga 2 nafar qiz farzand tuhfa etgandi.
    Foto: Novye

    Biroq aktrisa ezgu orzularini ro‘yobga chiqara olmadi. 2018-yili jiyanining Dubay shahrida o‘tkazilgan to‘y marosimiga tashrif buyurgan aktrisa do‘konlarni ko‘zdan kechirish uchun yana bir necha kun BAAda qolishga qaror qildi va tez orada... xonasidagi hammomdan suvga cho‘kkan holda topildi. Ekspertiza tekshiruvi aktrisaning qonida alkogol bo‘lganini aniqladi. Ushbu maʼlumot Shridevining yaqinlarini ham, unga mehr qo‘ygan muxlislarni ham hayratga soldi – aktrisa har doim odob-axloq qoidalarini mahkam tutar, hech qachon spirtli ichimliklar isteʼmol qilmasdi.

    Tergov aniq xulosa taqdim eta olmadi va bir necha bor qayta tiklandi. Shridevining yaqinlari haligacha uning o‘limi baxtsiz hodisa bo‘lganiga ishonmaydi. Ommaviy axborot vositalari esa ijodkor turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ldirilgan degan taxminni ilgari surishdi. Bunga Boni Kapurning so‘nggi kunlarda o‘zini shubhali tutgani sabab bo‘ldi: u har doim sayohatlarga rafiqasi bilan birga borgan, ammo bu safar to‘y marosimiga kelmagan. Baxtsiz hodisa sodir bo‘lishidan avval esa kutilmaganda Dubayda paydo bo‘lib qolgan. Aktrisaning jonsiz tanasini vannaxonadan topgan ham Boni Kapur edi – u rafiqasi hammomga kirib ketganda televizorda kriket tomosha qilgan, qimmatli vaqtni boy bergan va hech narsani eshitmagan.

    Hindistonda aktrisaning dafn marosimi milliy motamga aylanib ketdi – Shridevini so‘nggi manzilga kuzatish uchun mamlakatning turli burchaklaridan tumonat odam keldi.
    Foto: Legion Media 

    Tergov aktrisaning kuch ishlatish natijasida o‘ldirilgani haqidagi versiyani rad etdi, Boni Kapurga qarshi ayblov eʼlon qilinmadi. Tergov ishlari bugungi kunga qadar davom etmoqda, ammo anchadan beri ishga doir yangi maʼlumot eʼlon qilinmadi. Aktrisaning sirli o‘limi sababi hali beri topilmasa ham kerak...

    15.11.2023, 09:26   Izoh (0)   48757
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Barchasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Hind aktrisasi Shridevi rol ijro etishdan bosh tortgan eng mashhur filmlar (foto)

    21.02.2021, 15:35

    Hema Malini, Shridevi, Dharmendra: Hind kinosi afsonalarining taqdiri qanday kechgan?

    11.04.2021, 11:53

    Hind aktrisalari Vijayantimala va Shridevi o‘rtasida qanday o‘xshashliklar bor?

    03.06.2021, 16:40

    Bollivud yulduzi Shridevi haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar

    22.08.2021, 18:57

    Bollivud yulduzlari Amitabh Bachchanning nevarasi, Shohrux Xon va Shridevining qizlari bir filmda debyut rolini ijro etmoqda (video)

    17.05.2022, 17:48

    Marhum hind aktrisasi Shridevining kenja qizi Kxushi Kapur ham kinoga qadam qo‘ydi. U onasining muvaffaqiyatini takrorlay oladimi?

    18.09.2023, 12:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 24-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:15

    Chinozdagi dehqon bozorida o‘g‘rilik sodir etgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:00

    NASA’ning “o‘lik” sun’iy yo‘ldoshi 60 yildan so‘ng birinchi marta signal yubordi

    Dunyo | 24 iyun, 22:38

    London politsiyasi Florensiyada yasalgan 285 yillik skripkani qidirmoqda

    Dunyo | 24 iyun, 22:21

    “Ukrainani Yevropa Ittifoqi va NATOga qabul qilish mumkin emas” — Vengriya bosh vaziri

    Dunyo | 24 iyun, 22:05

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari rafiqalari bilan birga qo‘shma konsertda ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 21:51

    O‘zbekistonda besh oyda qancha fuqaro ovqatdan zaharlangani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 21:45

    O‘zbekiston Kubogi. “Mashʼal” mehmonda “Neftchi”ni mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    Sport | 24 iyun, 21:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.