O‘zbekistonda hafta davomida harorat ko‘tarilib, joylarda 25-27 darajagacha iliq bo‘ladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, bu hafta harorat noyabr oyining o‘rtalari uchun iqlim qiymatlaridan 5-8 daraja yuqori bo‘ladi. Ish haftasining ikkinchi yarmida kunduz kungi havo harorati 21-24 darajagacha iliq, respublika janubida ba’zi joylarda 25-27 darajagacha iliq bo‘ladi.
Toshkenta 13—17-noyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13-noyabr kuni kunduzi havo harorati 14-16 daraja iliq, keyinchalik kunduzgi harorat ko‘tarilib, 16—17-noyabrda 21-23 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi harorat 5-7 daraja iliqdan, 8-10 darajagacha bo‘lgan iliqlik asta-sekin ko‘tariladi.
Izoh (0)