Toshkent metropoliteni “Alisher Navoiy” bekatidagi poyezdlar harakati to‘xtab qolgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha,13-noyabr sanasida soat taxminan 09:15 lar atrofida O‘zbekiston yo‘nalishining “Alisher Navoiy” bekatidan harakatlanishni boshlagan 40-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan va buning natijasida ushbu harakat tarkibi tunnelning kirish qismida 15 daqiqa vaqt davomida to‘xtatilgan.
Yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik va yo‘nalishda belgilangan harakat jadvali buzilmasligini oldini olish maqsadida, ortidagi 39-sonli harakat tarkibi orqali tirkamaga olinib, harakat tarkibi tekshiruv yo‘lagiga olib borilgan.
“Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda”, — deyiladi munosabatda.
Avvalroq 3—5-noyabr kunlari 3 kun muddatga, “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishining “Tolariq” (10-bekat), “Xonobod” (11-bekat) va “Quruvchilar” (12-bekat) bekatlarida poyezdlar harakati to‘xtatilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Oktyabr o‘rtalarida Toshkent metropoliteni oxirgi vaqtda yo‘lovchilar soni oshib ketgani bois murojaat bilan chiqib, “yangi vagonlar kelishiga 2 oy qolgani”ni ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)