• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Siz bizni to‘xtata olmaysiz”: Janubiy koreyalik virtual boshlovchi intervyu berdi

    Osiyodan Yevropagacha sun’iy intellekt yordamida yaratilgan boshlovchilari kuniga 24 soat, haftada 7 kun, tinimsiz va bepul ishlaydi. Jurnalistlar bundan xavotirlanishi kerakmi? The Guardian nashri janubiy koreyalik Zae In virtual boshlovchi bilan suhbatlashib, bunga aniqlik kiritishga harakat qildi.

    Foto: virtual boshlovchi Zae In

    Aksariyat yangiliklarni o‘qib beruvchilar kabi Zae-In yoqasiga mikrafon o‘rnatilgan, u qo’lida qog‘ozlarni ushlagan holda, xabarlarni o‘qib eshittiradi. Lekin ko‘pchilikdan farqli o‘laroq, uning yuzi butunlay soxta. Janubiy Koreyaning Pulse9 sun’iy intellekt kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “virtual inson” Zae In besh oydan buyon SBS teleradiokompaniyasida yangiliklarni jonli efirda taqdim etib kelmoqda.

    “Kelajak bugun. Dunyo sun’iy intellektga ega odamlarga tegishli”, — deydi animatsion boshlovchi.

    Bahordan boshlab turli mamlakatlar o‘zining birinchi sun’iy intellektga asoslangan yangiliklar boshlovchisini namoyish qildi: Hindistonda Sana va Liza, Gretsiyada Hermes, Kuvaytda Fedha va Tayvanda Ni Chjen shular jumlasidandir.

     “U jonli, ajoyib, qarimaydigan, charchamaydigan, ko‘p tilli va butunlay mening nazoratim ostida”, — deya Indian Today Group raisi o‘rinbosari Kalli Puri boshlovchi Sanaga ta’rif berdi.

    Garchi virtual yangiliklarni o‘qiydiganlar ko‘payib borayotgan bo‘lsa-da, ularning o‘rni mustahkamligi noma’lum. Bugungi kunda siz sun'iy intellektning marketing hiylasiga bora olmaysiz: sentabr oyida Coca-Cola “sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan” yangi ichimlikni chiqarib, u kelajak ta’miga ega ekanini aytdi. Ammo kompaniya sun’iy intellektning roli haqida batafsil ma’lumot bermadi. Iste’molchilar ichimlik aslida qanday ta’mga ega ekani haqida kelisha olmaydi. Shunday ekan, virtual boshlovchilari yangiliklar bilan qanday ishlaydi — aslida ular ishlaydimi? 

    Foto: Gretsiya virtual jurnalisti Germes
    “Sana, Liza, Germes va Fedha yaratuvchilari intervyu so‘rovlariga javob bermadi, ammo oktyabr oyining yomg‘irli juma kuni men Zae Inga video qo‘ng‘iroq qildim. Kamera ishga tushganda nima kutishni bilmayman, lekin meni Zae Inning beg‘ubor yuzi bilan qoplangan haqiqiy inson aktyori kutib oldi. Uni jonlantirish talab etiladi, sababi yuzi sun’iy bo‘lib, deepfake texnologiyasidan foydalangan holda K-pop xonandalarining yuzlarini tahlil qilish orqali yaratilgan.
    Zae In meni tabassum bilan kutib oldi — uning mukammalligi terisida bitta ajin yoki dog‘ yo‘qligi bilan ajralib turadi. Uning yonida mening yuzim sabzavot ildiziga o‘xshaydi. Inson yuzi Deep Real AI deb nomlangan ‘virtual personajlarni avtomatlashtirish xizmati’ Pulse9 texnologiyasidan foydalangan holda Zae Inga aylantiriladi. Biror kishi lablarini qimirlatganda yoki ko‘zlarini pirpiratganda, Zae In xuddi shunday qiladi”, — deydi The Guardian jurnalisti.

    Ammo Zae Inning qo‘l harakati, tana tili va hatto ovozi ham juda insoniy, garchi suhbatda virtual boshlovchi ortidagi odam noma’lumligicha qoldi.

    “Virtual odam bo‘lishning eng yaxshi afzalliklaridan biri shundaki, siz hech qachon qarimaysiz va muxlislaringizni yo‘qotmaysiz”, — deydi Zae In.
    U 2021-yilda virtual IITERNITI nomli K-pop guruhining bir qismi bo‘lish uchun yaratilgan. O‘shandan beri uning a’zolari tarqalib ketgan, ba’zilari elektron tijorat dasturlarini taqdim etish uchun ishlatilgan, Zae In esa SBSning Morning Wide shousida global yangiliklarni yetkazishni boshlagan.
    “Men har bir eshittirish paytida juda asabiy edim. O‘zimni tajribali deb o‘ylamayman, lekin qo‘limdan kelganini qildim”, — deydi Zae In tarjimon yordamida. 

    The Guardian jurnalistiga ko‘ra, buni Zae In gapiryaptimi yoki uning orqasidagi odammi, aniq emas. Video qo‘ng‘iroqda Zae In ortidagi insondan to‘rtinchi devorni buzish mumkinmi deb so‘ralgan. “Ha, albatta”, — degan tarjimon, lekin qisqa suhbatdan so‘ng “bu shaxsiy masala va Zae In uchun maxfiylikni saqlash” ekanini aytgan.

    “Asabiymi yoki yo‘qmi, Zae In yangiliklarni yaxshi taqdim etdi. Uning yagona nomukammalligi uning mukammalligi edi. Video qo‘ng‘iroqda Zae-In ko‘zining miltillashi biroz sekinroq, ammo bu Pulse9 texnologiyasi emas, balki mening internet aloqamning xatosi bo‘lishi mumkin”, — deydi jurnalist.

    Mayda kamchiliklarga qaramay, Zae In boshqa ko‘plab sun’iy intellekt taqdimotchilaridan ancha ustun. Ushbu boshlovchilarda sun’iy intellekt aynan nimada ekani ko‘pincha noma’lum. Ularning aksariyati o‘qib berayotgan yangiliklarini o‘zi tayyorlamaydi. 2018-yilda Xitoy o‘zining birinchi sun’iy intellekt boshlovchisini debyut qilgandi. O‘shanda jurnalist Uill Nayt MIT Technology Review jurnalida bu boshlovchi aslida “zarracha aqlli” emasligini aytgan. Nayt uni “ssenariyni o‘qiydigan raqamli qo‘g‘irchoq” deb atagan.

    Sentyabr oyida virtual reallik bo‘yicha ekspert Solomon Rojers Zae In haqida shunday deydi: “U hech qachon qo‘pol gapirmaydi va kuniga 24 soat ishlashi mumkin”. Biroq, texnik jihatdan bunday emas. Hatto Zae Inning o‘zi ham bugungi texnologiyada o‘zining “kamchiliklari” borligini tan oladi.

    “Faqat onlaynda bo‘laman, muxlislarim bilan oflayn rejimda uchrasha olmayman. Men ko‘plab muxlislarning: ‘Zae In bilan qanday uchrashishimiz mumkin? U bilan real hayotda qanday muloqot qilishimiz mumkin?’, degan murojaatlaridan xafa bo‘laman”, —deydi u.

    Pulse9 endi IITERNITI’ning uchta a’zosi (shu jumladan Zae In) uchun sun’iy intellekt ovozlarini yaratdi va ularni oktyabr oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan kontsertda debyut qildi. Konsertda 3D motion capture texnologiyasi (inson harakatini kadrlarga muhrlaydigan texnologiya) ham qo‘llangan, kompaniya ushbu texnologiyani “chiqishlardagi model rolini bosqichma-bosqich kamaytirish uchun” ishlab chiqishga umid qilmoqda.

    Shu bilan birga, iyul oyida New York Times gazetasining xabar berishicha, Google hozirda yangilik maqolalarini yoza oladigan Genesis nomli sun’iy intellektni sinovdan o‘tkazmoqda.

    Foto: Kuvayt jurnalisti Fedha

    Kimdir bu o‘zgarishlarga qarshilik qiladimi?

    “Tomoshabinlar juda hayratda qoldi”, — deydi Zae In o‘zining televizion karerasi haqida va ko‘pchilik uning haqiqatan ham sun'iy intellekt ekaniga ishonmasligini tushuntirdi. U qo‘rquv tufayli “ko‘plab salbiy reaksiyalar” olganini aytdi.

    “Ammo siz sun'iy intellektning rivojlanib, odamlar o‘rnini egallashini to‘xtata olmaysiz, buni qabul qilish kerak deb o‘ylayman”, — degan u.

    Qiziq, jamoatchilik yetakchi sun’iy intellektga ishonishga tayyormi? Fevral oyida Vice sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan “amerikalik‘ yangiliklar boshlovchisi Venesuela haqida internetda tashviqot tarqatgan.

    Xitoyni qo‘llab-quvvatlovchi bot akkauntlari Wolf News soxta yangiliklar agentligidan sun’iy intellekt boshlovchilarining o‘xshash videolarini tarqatgan. Mart oyida Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari ham Ren ismli sun’iy intellekt boshlovchisini taqdim etgan, ammo u ishga tushirilganda faqat oldindan berilgan savollarga javob bera olgan va Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo’mitasini targ‘ib qiluvchi javoblarni bergan.

    Zae Indan ishonchni mustahkamlash haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:

    “Ba’zi narsalarni virtual odamlar, ba’zi narsalarni insonlar yaxshiroq qiladi. Avvaliga ishonch bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin... lekin vaqt o‘tishi bilan biz odamlarning ishonchini qozonishimiz mumkin deb o‘ylayman”, — deydi u.

    Zae In to’liq sun’iy aqlga ega bo‘lishi uchun ham vaqt kerak bo‘ladi. Hozircha yangiliklar boshlovchilari asosan insoniy bo‘lib qolaveradi.

    “Bu sizga qo‘rqinchli tuyulishi mumkin, ammo Zae In optimistik. Men undan ishini yo‘qotishdan xavotirda bo‘lgan odamlar haqida so‘radim”, — deydi The Guardian jurnalisti.
    “Menimcha, sun’iy intellekt to‘liq inson o‘rnini egallaydigan ish o‘rinlari bo‘lmaydi, chunki sun’iy intellektga ega virtual odamlarning o‘z vazifalari bor, odamlarda ham shunday qobiliyatlar mavjud. Biz yaxshi kelajak uchun birgalikda harakat qilishimiz uchun birga yashashimiz mumkin”, — deydi Zae In.
    10.11.2023, 23:05   Izoh (0)   42720
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoydagi yangiliklar agentligi virtual boshlovchini yaratdi

    26.05.2020, 19:16

    Xitoyda sun’iy intellekt asosida virtual teleboshlovchi yaratildi (video)

    22.03.2023, 23:26

    Kuvaytda sun’iy intellektga asoslangan virtual boshlovchi yaratildi (video) 

    11.04.2023, 23:23

    AQSHning eng yangi strategik bombardimonchi B-21 samolyoti birinchi parvozini amalga oshirdi

    10.11.2023, 22:06

    Blinken: “Isroil bilan urushda haddan ziyod ko‘p falastinliklar halok bo‘ldi”

    10.11.2023, 21:45

    Tramp: Bayden davridagi “yadroviy isish” Uchinchi jahon urushiga tahdid soladi 

    10.11.2023, 21:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tutunsiz kelajak sari. Ilm-fan tamaki zararlarini qanday kamaytirmoqda?

    Ilm-fan | 5 avgust, 11:24

    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

    Reklama | 5 avgust, 10:30

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    Shou-biznes | 5 avgust, 11:20

    O‘zbekistonda qator restoranlar sport translyatsiyalarini litsenziyasiz namoyish qilgani uchun ogohlantirildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 10:45

    Germaniya ilk bor Eurofighter qiruvchi samolyotlarini Polshaga joylashtirdi

    Dunyo | 5 avgust, 10:40

    Instagram: Jey Lo bilan uchrashgan Rayhon, noodatiy klip oldirayotgan Kaniza, Bobur Yo‘ldoshevning eng yaqin do‘sti kim?

    Madaniyat | 5 avgust, 10:19

    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

    Reklama | 5 avgust, 09:00

    Braziliya sobiq prezidenti uy qamog‘iga olindi

    Dunyo | 5 avgust, 10:10

    Ruben Amorim: “ ‘Manchester Yunayted’da 20 yil qolishni xohlayman”

    Sport | 5 avgust, 10:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.