AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Baden davrida dunyodagi asosiy tahdid nimaligini aytdi. Bu haqda u Univision telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlarda qobiliyatsiz rahbar bor. U sahnadan tushib, zinani topa olmaydi, ikki so‘zni birlashtira olmaydi, lekin u Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si bilan ishlamoqda...
Hozirda asosiy tahdid yadroviy quroldir. Bizning asosiy muzokarachimiz yadro quroli nima ekanini ham bilmaydigan odam. Uchinchi jahon urushi bilan yakunlanishi mumkin... Xavf global isish emas, yadroviy isishdir. Bu barcha mamlakatlar uchun yagona eng katta tahdiddir”, — deya Tramp Bayden siyosatini tanqid qildi.
Izoh (0)